Qisqartirish strategiyasi- firma uzoq muddat o‘sishdan keyin yoki
iqtisodiyotda pasayish va tubdan o‘zgarish kuzatilganda, samaradorlikni
oshirish zarurati bilan bog‘liq holda, shuningdek, tashkilotning mavjud
bo‘lishi xavf ostida qolganda kuchlarni qayta guruhlashga ehtiyoj
sezganda amalga oshiriladi. Bunday hollarda firmalar ishlab chiqarishni
maqsadga yo‘naltirgan holda qisqartiradilar. Shuni tan olishi kerakki, bu
firma uchun qanchalik og‘ir bo‘lmasin bu ham firma uchun rivojlanish
strategiyasi bo‘lib, o‘sish strategiyasida ko‘rilganidek, ma’lum
vaziyatlarda undan qutulib bo‘lmaydi. Qisqartirish strategiyasining
quyidagi turli-tumanligi ajratiladi:
–
likvidatsiya (bartaraf etish) strategiyasi -o‘zida qisqartirish
strategiyasining oxirgi holatini aks ettiradi va firma endilikda biznesni
yurita olmaydigan holga tushib qolganda amalga oshiriladi;
–
“hosil yig‘ish” strategiyasi kelajagi yo‘q, sotishdan foyda
olinmaydigan, lekin biznesni asta-sekin nolga tushirishdan daromad
keltirishi mumkin bo‘lganda qo‘llaniladi;
–
ortiqchasini qirqib tashlash strategiyasi ko‘pincha, diversifi-
katsiyalangan firmalar tomonidan o‘z biznesini yoki bo‘limini yopganda
yoki sotganda realizatsiya qilinadi.
Real amaliyotda firma bir vaqtning o‘zida bir necha strategiyalarni
realizatsiya qilishi mumkin. Bu ayniqsa, ko‘p tarmoqli kompaniyalarda
keng tarqalgan. Bunday hollarda
firma aralash (kombinatsiyalangan) strategiya ni amalga oshirmoqda, deyiladi.
To‘rtinchi turli xillikka keyinroq tavsiflanadigan diversifikatsion
o‘sish strategiyasi mos keladi.
Biznesni rivojlantirish strategiyasining keyingi guruhi
diversifikat- sion o‘sish strategiyasi bo‘lib, firmaning ushbu mahsulotning ushbu
tarmog‘i bilan boshqa rivojlana olmaslik holatida realizatsiya qilinadi. Bu
strategiya, agar bozorlar amalga oshirilayotgan bizneslar uchun to‘yingan
holatda bo‘lsa yoki mahsulotning “o‘lib borishi” natijasida unga talab
pasayib ketsa yoki monopoliyaga qarshi boshqaruv ushbu tarmoq
doirasida biznesning kelgusi rivojlanishiga ruxsat bermasa yoki yangi
biznes uskunalardan, butlovchilardan, xomashyodan yaxshiroq foyda-
lanish hisobiga yaxshiroq samara bera boshlasa, tanlanadi.
126
Diversifikatsiyalangan o‘sishning asosiy strategiyalari quyidagilar
hisoblanadi:
–