455
―ilmiy izlanish va rivojlanish (IIR)‖degani bo‗lib, rivojlanishga olib keluvchi,
turtki bo‗luvchi ilmiy izlanish deganidir.
Endogen innovatsiyalar o‗z ichiga innovatsiyalarga investitsiya kiritishga
moyillikni bozor tomonidan rag‗batlantirishni qamrab oladi. Bozor rag‗bati
deganda monopoliyadan patentlash qonunlari orqali himoyalanish va texnologik
musobaqada g‗olib chiqishni nazarda tutadi.
Ekzogen innovatsiyalarni ilmiy va notijorat institutlar tomonidan olib
borilgan ilmiy izlanishlar natijasini misol sifatida keltirish orqali yoritadigan
bo‗lsak, innovatsiyalarning bu turi ba‘zan yangi mahsulot va yangi jarayonga
sababchi bo‗lishi mumkinligi aniqlangan. Solounig iqtisodiy o‗sish modelida
barcha texnologik rivojlanishlar ekzogen innovatsiya sifatida qaralgan bo‗lsada,
pirovardida sanoatda va butun bir mamlakat uchun ishlab chiqarish imkoniyatlarini
keskin o‗zgartirdi.
Innovatsiyalarning keyingi ikki turi kamroq e‘tiborga sazovor bo‗lishi
mumkin. Evolyutsion tanlov mexanizmi firmalarni dinamik bozor samaradorligi va
patent tizimi orqali tanlaydi. Bu mexanizm texnologik o‗zgarishlarning ham
kumulyativ xususiyatini, ham bozor strukturasining endogen aspektlarini hisobga
oladi.
Patentlash tizimi texnologik tanlovning ikkinchi instrumentlar tizimidir. U
mulkchilik huquqini aniqlashtirib texnologik innovatsiyalarni rag‗batlantiradi.
Masalan, farmatsevtik sanoatda shunday rag‗batga erishish uchun IIRdan
foydalanishadi. Adabiyotshunoslik texnologiyasida patentlash tizimi cheklangan
darajada texnologiya va bilimlarni tarqalishini o‗z ichiga olgan. Bu esa o‗z o‗rnida
texnologik izlanishda innovatsiyalarning keng ko‗lamli eksperimentlarni olib
borilishiga turtki bo‗ladi.
Innovatsiya turlari quyidagilardan iborat:
1.Texnologik innovatsiyalarning
ikkita turi mavjud: mahsulotlar bo‗yicha innovatsiyalar va jarayonlar bo‗yicha
innovatsiyalar. 2. Marketing innovatsiyalar. 3.Tashkiliy innovatsiyalar.
Texnologik
innovatsiyalar
deganda yuridik shaxsning texnologik yangi mahsulotlar va
jarayonlarni, shuningdek mahsulotlar va jarayonlarda sezilarli darajada