28
9. Bog„chada, maktabda o„tkaziladigan tadqiqot maqsadi mohiyati, vazifasi
va natijalari yuzasidan pedogogik kengash, ma‟muriyatga ma‟lumot berish
maqsadga muvofiq.
10. Ma‟muriyatga, pedogogik kengashga o„quvchilarga individual
yondashishni ta‟minlovchi imkoniyat, ularni hal qilishning psixologik shartlari,
ta‟lim-tarbiyadagi nuqsonlarning oldini olishning omillari, yo„llari yuzasidan zarur
yordam ko„rsatish.
11. Bolalar va o„quvchilarning alohida muamolarini hal qilishda yordam
berish.
12. Ota-onalarni tarbiyaviy ishlarini amalga oshirishda maslahatlar berish,
muayyan holatlarini birgalikda tahlil qilish va amaliy tavsiyalar berish.
13. Ota-onalarga farzandlarining tibbiy yordamga muhtojligi yoki boshqa
muassasalarga murojat qilish lozim ekanligini yuksak pedogogik odob bilan
tushuntirish, berilayotgan ko„rsatmalarga ularni ishontirish.
14. Barcha qoidalarga va tasdiqlangan hujjatlarga rioya qilgan holda
o„tkaziladigan barcha ishlarni qayd qilish va belgilash.
15. O„z faoliyatini natijalari yuzasidan yuqori tashkilotlarga o„z muddatida
axbarot berish, qabul qilingan hisobot shakllariga hech og„ishmasdan rioya qilish.
16. Barcha maktablarda maxsus talablarga javob beradigan darajada
jihozlangan psixologik xizmat xonasi bo„lishi maqsadga muvofiqdir .
17. Amaliy psixologlar seminarlari, anjumanlarida faol ishtirok etish.
18. O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ijtimoiy psixologik axloq-
odob qoidalariga zid bo„lgan tekshirishlar o„tkazmaslik.
19. Bolalar, o„quvchilarni tanlash komissiyasida ishtirok etish.
20. Ijtimoiy psixologik holatlarni o„rganishda mahalliy hokimiyatga yordam
berish va ommaviy barqarorlashtirishda oldingi safda bo„lish.
Dostları ilə paylaş: