70
samarali amal qilgan sharoitda pul-kredit shartlarining yengillashtirilishi hisobiga davlat
qarz majburiyatlari bo‘yicha foiz stavkasining pasayishi moliyaviy resurslarning
daromadliligi yuqoriroq bo‘lgan muqobil aktivlarga qayta yo‘naltirilishiga olib keladi.
Natijada muqobil aktivlarning narxi va bunga mos ravishda inflyatsiya darajasining
oshishi kuzatiladi.Ta’kidlash joizki, davlat obligatsiyalari, kapital va ko‘chmas mulk
bozorlarining rivojlanganlik darajasi va samarali faoliyati, o‘z navbatida, mazkur kanal
ta’sirchanligini belgilaydigan asosiy omillardan hisoblanadi.Bunda markaziy bank pul-
kredit siyosati instrumentlarining samaradorlik
darajasi mazkur siyosatdagi
o‘zgarishlarning (qisqa muddatli foiz stavkalari, rezerv pullar) boshqa soha va
tarmoqlarga ta’siri xususiyati, tezligi va intensivligi orqali belgilanadi.Umuman
olganda, o‘tkazish kanallarining amal qilishi bank va moliya sohasidagi raqobat muhiti,
muqobil
moliyalashtirish
manbalarining
mavjudligi,
moliyaviy
bozorlarning
rivojlanganlik darajasi va samaradorligi, moliyaviy vositachilik xizmatlarining sifati va
qamrovi,
valyuta kursi rejimi, kapitallar harakati, investitsiya uchun xafsiz moliyaviy
instrumentlarning mavjudligi kabi bir qator omillarga bog‘liq.
Ichki valyuta bozorini yanada liberallashtirish va kurs siyosatini
takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar
Inflyatsion targetlash
rejimiga o‘tish bozor
mexanizmlari asosida erkin
shakllanadigan suzib yuruvchi valyuta kursining amal qilishini talab etadi. Bunda,
Markaziy bankning valyuta siyosati va intervensiya strategiyasining aniq belgilab
olinishi, shaffoflikning ta’minlanishi hamda qabul qilinayotgan qarorlarni valyuta
bozori ishtirokchilari tomonidan to‘liq tushunilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu
munosabat bilan, ichki valyuta bozorini erkinlashtirishda milliy valyuta ayirboshlash
kursining shakllanishida bozor sharoitlarini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning
davom ettirilishi Markaziy bankning mazkur yo‘nalishdagi ustuvor vazifasi bo‘lib
qoladi. Ushbu maqsadda Markaziy bankning valyuta kurslari
shakllanish jarayoniga
aralashuvini kamaytirib borish, valyuta intervensiyasi strategiyasini erkin suzib
yuruvchi valyuta kursi tamoyillari asosida takomillashtirish hamda iqtisodiyot
sub’ektlari va valyuta bozori ishtirokchilarini yangi sharoitlarda
ishlashga tayyorlab
borish ko‘zda tutilmoqda.
O‘rta muddatli davrda Markaziy bank intervensiyalarining valyuta kursi shakllanishiga
yuqori darajada ta’sir ko‘rsatishining oldini olish maqsadida keyingi davrlarda amalga
oshiriladigan intervensiyalar neytral xususiyatga ega bo‘ladi. Xalqaro amaliyotda
valyuta bozorida almashuv kursining erkin o‘rnatilishida markaziy bankning minimal
ishtiroki talab etiladi. Bunda faqatgina inqirozli vaziyatlar yuzaga kelgandagina valyuta
kursining keskin tebranishlarini oldini olish va valyuta
bozorini barqarorlashtirish
maqsadida Markaziy bank intervensiyani amalga oshiradi. Biroq O‘zbekiston sharoitida
Markaziy bankning valyuta bozorida muntazam ishtirok etish zaruriyati Markaziy bank
tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalardan monetar oltin va boshqa
qimmatbaho metallarni bevosita sotib olinishi bilan izohlanadi. Qimmatbaho
metallarning bevosita Markaziy bank tomonidan sotib olinishi milliy valyutadagi
mablag‘larning to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiyotga tushishiga
va inflyatsion xatarlar
oshishiga olib keladi. Ayni vaqtda qimmatbaho metallarni sotishdan tushadigan valyuta
mablag‘lari esa ichki valyuta bozoriga tushmaydi. Markaziy bank tomonidan
qimmatbaho metallarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilishining salbiy ta’sirini oldini olish
71
va valyuta bozori muvozanatliligini ta’minlash maqsadida Markaziy bank valyuta
bozorida tegishli miqdorlarda xorijiy valyutaning muntazam sotuvini amalga oshirib
boradi. Xalqaro amaliyotda ishlab chiqaruvchilardan qimmatbaho metallarni xarid qilish
va valyuta tushumlarini ichki valyuta bozorida sotish borasidagi to‘laqonli va samarali
vositachilik funksiyasini Markaziy bank tomonidan bajarilishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri
intervensiya hisoblanmaydi. Bunda Markaziy bank tomonidan
xorijiy valyutaning
sotilishi faqatgina vositachilik xususiyatiga ega bo‘lib, Markaziy bankning valyuta
bozoridagi faol ishtiroki almashuv kursini boshqarish maqsadini ko‘zlamaydi hamda
klassik ma’nodagi intervensiya deb hisoblanmaydi. Bugungi kunda aholining
inflyatsion kutilmalari ko‘p jihatdan valyuta bozoridagi almashuv kursining dinamikasi
bilan bog‘liqligini inobatga olgan holda, qisqa muddatli davrda milliy valyuta kursining
barqarorligini ta’minlash pul-kredit siyosatining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: