Ushbu Qonunning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
yuridik va jismoniy shaxslar yoki mahsulotlar to‘g‘risida axborot oqimini
shakllantirish;
tadbirkorlik va iste'mol madaniyatini takomillashtirish;
reklamaning davlat va jamoat manfaatlariga, axloq va ma'naviyatning umum
e'tirof etilgan normalariga, yuridik va jismoniy shaxslarning ishchanlik obro‘siga,
atrof-muhit holatiga tajovuzidan himoyalanish choralarini ta'minlash;
mahsulotning xarakteri, tayyorlanish usuli va joyi, iste'mol xususiyatlari, sifati
va boshqa tavsiflari, uni realizatsiya qilish shartlariga ko‘ra iste'molchilarni
chalg‘itadigan yolg‘on yoki noaniq ma'lumotlar reklama vositasida tarqatilishining
oldini olish.
2-modda. Ushbu Qonunning qo‘llanish sohasi.
Ushbu Qonun O‘zbekiston
Respublikasi hududida reklama tayyorlash va tarqatish bilan bog‘liq
munosabatlarga tatbiq etiladi.
Ushbu Qonun ijtimoiy voqyealarni, siyosiy partiyalarning, diniy tashkilotlar
va jamoat birlashmalarining manfaatlarini aks ettiruvchi va (yoki) ularni qo‘llab-
quvvatlashga mo‘ljallangan axborot bilan bog‘liq munosabatlarga tatbiq etilmaydi.
3-modda. Reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari.
Reklama to‘g‘risidagi qonun
hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida reklama sohasidagi
munosabatlar
Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston
Respublikasining reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagidan boshqacha qoidalar
belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: