reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan shaxs bilan shartnoma tuzgan
taraflarni bundan xabardor qilishga haqlidir.
Aksilreklama raddiya berilayotgan reklama e'lon qilingan ayni o‘sha
ommaviy
axborot vositalarida, ayni o‘sha muddat, makon, joy va tartibdan
foydalangan holda beriladi.
Aksilreklamaning mazmuni qonunbuzarlik holatini aniqlagan va uni tuzatish
to‘g‘risida qaror qabul qilgan tegishli davlat organi bilan kelishiladi. Ayrim
hollarda bu organning qaroriga binoan aksilreklama beriladigan ommaviy axborot
vositasi, muddati, joyi va tartibi o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yilishi mumkin.
29-modda. Reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun
javobgarlik.
Reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar
belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
O‘zR 17.09.2010 y. O‘RQ-259-son Qonuniga muvofiq ikkinchi va uchinchi
qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi-yettinchi qismlar bilan almashtirilgan
(Oldingi tahririga qarang)
Reklama beruvchilar, reklama tayyorlovchilar
va reklama tarqatuvchilar -
yuridik shaxslar vakolatli davlat organi tomonidan quyidagi miqdorlarda jarimaga
tortilishi mumkin:
noto‘g‘ri reklama berganlik, aksilreklama berishdan bosh tortganlik, reklama
qilinishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan mahsulotni reklama qilganlik uchun -
eng kam ish haqining yetmish baravaridan yuz baravarigacha miqdorda;
reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishini tugatish haqidagi
ko‘rsatmani o‘z muddatida bajarmaganlik, tashqi reklamani joylashtirish tartibiga
rioya qilmaganlik uchun - eng kam ish haqining o‘ttiz
baravaridan ellik
baravarigacha mikdorda;
reklama axborotiga taalluqli hujjatlar va materiallarni vakolatli davlat
organiga belgilangan muddatda taqdim etmaganlik yoki atayin noto‘g‘ri
ma'lumotlar takdim etganlik uchun - eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma
baravarigacha miqdorda.
Reklama beruvchi reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining reklama
tayyorlash uchun taqdim etiladigan axborotning
mazmuniga doir qismi
buzilganligi uchun, agar ushbu qonunbuzarlik reklama tayyorlovchining yoki
reklama tarqatuvchining aybi bilan yuz berganligi isbotlanmasa, javobgar bo‘ladi.
Reklama tayyorlovchi reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining reklama
tayyorlashga doir qismi buzilganligi uchun javobgar bo‘ladi.
Reklama tarqatuvchi reklama to‘g‘risidagi qonun
hujjatlarining reklamani
tarqatish vaqti, joyi va vositalariga taalluqli qismi buzilganligi uchun javobgar
bo‘ladi.
Tadbirkorlik sub'ektlariga jarima solish sud tomonidan, ular sodir etilgan
huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo‘lgan va jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lagan
taqdirda esa, vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Reklama
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tadbirkorlik sub'ektining oxirgi
hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining jami yigirma foizidan ortiq
miqdorda jarima undirish tadbirkorlik sub'ektiga undirish to‘g‘risida qaror qabul
qilingan kundan e'tiboran undiriladigan summani
olti oy mobaynida oyma-oy
bo‘lib to‘lash imkoni berilgan holda amalga oshiriladi.
Jarima to‘lash vakolatli davlat organining qarori yoki ko‘rsatmasini bajarish
yoki reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni
sodir etish majburiyatidan ozod qilmaydi.
Dostları ilə paylaş: