Sub’ektning rahbari xujjatlarga o’z imzolarini qo’yadigan ikki
ro’yxatni belgilab tasdiqlaydi. Birinchi ro’yxatga rahbarlik funksiyalarini
bajaruvchi shaxslar, ikkinchisiga esa – buxgalteriya hisobi va moliyaviy
boshqaruv funksiyalarini bajaruvchi shaxslar kiritiladi.
Ikkinchi ro’yxatdagi shaxslarning imzosisiz xujjatlar haqiqiy
hisoblanmaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharotida har bir korxona, tashkilot yoki firma
farmon, nizom va ko’rsatmalarga rioya qilgan holda hisob siyosatini o’zi
belgilaydi va sub’ektning rahbariyati yoki mulk egasining buyrug’iga
muvofiq amalga oshriladi. Bu buyruqda buxgalteriya apparatini tashkil
qilish va uning tuzilishi, moliyaviy va boshqaruv hisobini tashkil qilish va
buxgalteriya hisobini yuritishning aniq tartib va qoidalari belgilanadi.
Yuqoridagi umumiy ko’rinishga muvofiq korxona va firmalarda
buxgalteriya apparati quyidagi tartibda tashkil qilinadi:
Bosh buxgalter va uning o’rinbosarlari
Mehnat va unga haq to’lash guruhi
Moddiy resurslarni hisobga olish guruhi
Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish guruhi
Tayyor mahsulotlar va ularni sotishni hisobga olish guruhi
Hisoblashish muomalalarini hisobga olish guruhi
Soliq, ishlab chiqarish va xo’jalik faoliyatini hisobga olish
guruhi
Axborotlarni mashinalarda hisoblash guruhi
Yig’ma – tahlil guruhi
Dostları ilə paylaş: