4
hamda turli hududlarga xos etnolokal an’analarni o‘rganishga bag‘ishlangan qator
ilmiy izlanishlar amalga oshirilmokda. Qolaversa, sohada bajarilayotgan
tadqiqotlar ham xajm, ham mazmun-mohiyat jihatidan boyib borishining asosiy
sabablaridan biri - bu mustaqillik yillarida o‘tmish tarix va milliy qadriyatlar
hamda an’analarga bo‘lgan kiziqishning keskin ortganligidan, deb aytish mumkin.
Shu o‘rinda alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi ko‘p millatli
mamlakat bo‘lgani bois, nafaqat o‘zbek xalqi, balki mamlakatimiz hududida
yashayotgan boshka xalqlarning etnomadaniy va ijtimoiy-diniy yaqinligi
millatlararo etnomadaniy muloqotlarni tarixiy-etnografik aspektda o‘rganish
dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar
Akademiyasining Tarix instituti Etnologiya bo‘limi mutaxassislari va
Respublikamizning boshqa etnolog olimlari tomonidan keyingi yillarda qator
tadqiqotlar amalga oshirildi. Mamlakatimiz etnologlari tomonidan bajarilayotgan
ilmiy izlanishlar nafaqat mazmun va mohiyati
bilan, balki uni bajarishdagi nazariy –
metodologik jihatdan yondashuvlar xam o‘zgarganligi yaqqol sezilmoqda.
Dostları ilə paylaş: