Al-adab al-mufrad. Imom
Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
113
722. Abdurrahmon ibn Abu Bakra otalariga: "Ota-jon, har kuni ertalab va kechqurun 3
martadan: "Allohim,
jismimni salomat qil, Allohim, qulog'imni
salomat qil, Allohim,
ko'zimni salomat qil. O'zingdan boshqa hech qanday iloh yo'q", deganingizni va yana:
"Allohim,
kufr va faqirlikdan panoh ber, Allohim, qabr azobidan panoh ber", deb
aytayotganingizni eshitganman", dedilar. Shunda otala-ri: "To'g'ri, bolam,
men bularni
Rasululloh (s.a.v.) aytayotganlarini eshitganman. Men
ul zotning sun-natlariga
ergashishni yaxshi ko'raman", dedilar. Va yana dedilar: "Rasul-ulloh (s.a.v.) g'amgin
odam o'qiydigan duoni ham o'rgatganlar, u duo ushbudir: "Ey, Allohim, rahmatingdan
umidvorman. Meni bir lahza ham o'z holimga tashlab qo'yma.
Mening butun ishlarimni,
sha'nimni o'nglagin. Sendan o'zga hech qanday iloh yo'qdir".
Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilingan 721-hadis 723-hadisda ham takrorlangan.
Dostları ilə paylaş: