707. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Osmonda biror bulutni qo'rsalar,
darhol ishlarini tashlardilar, garchi (nafl) namozda bo'lsalar ham. So'ngra bulutga qarab
turardilar: agar Alloh bulutlarni tarq-atib yuborsa, Unga hamd aytardilar, agar yomg'ir
yog'sa: "Allohim, bu yomg'irni foydali qilgin", der edilar".
708. Qays (r.a.) aytdilar: "Men Xabbobning uyiga bordim. U qorin og'rig'y kasaliga
duchor bo'lib, bardosh bilan chidagan, kasalligi uzaygandan-uzaygach, bardoshi tugab,
zerikkan edi. Xabbob aytdi: "Rasululloh (s.a.v.) bizni o'z o'limini tilab duo qilishdan
qaytarmaganlarida edi, men albatta shunday duo qilgan bo'lardim".
Bu o'rinda shu narsani anglab olish lozim: ajal yetib kelmaguncha insonning o'ziga o'lim tilashidan qaytarilgan. Ammo omonat topshirish payti kelganiga ko'zi yetgan solih bandaning Allohga bo'lgan muhabbati uni huzuri Ilohiyga yo'liq-ishga undaydi. Ko'pgina sahobiylarning erishgan ajrlari nuqson topib qolmasligi va dunyo nopokliklari bilan ifloslanib qolmaslik uchun o'zlariga o'lim tilab duo qilganlari rivoyat qilinadi. Qaysning rivoyatida esa: "Sizlardan biringiz dunyoda boshiga tushgan biror zarar tufayli o'limni orzu qilmasin", deyiladi. Lekin agar diida biror fitnaga duchor bo'lishdan qo'rqqan inson uchun bu joiz.