NAZARIY QISM
Ko’pgina mevalar va rezavor mevalarning rangi ularda suvda eriydigan
pigment antotsianlar borligi bilan belgilanadi. Bu guruh moddalariga har xil
ranglar (qizil, siyoh, ko’k, sarg’ish) taalluqli. Antotsianlarning rangi muxit
reaktsiyasiga ko’p jihatdan bog’liq. Mevalar xujayralari sharbatining rN
qiymati neytral yoki kuchsiz ishqoriy tomonga o’zgarishi noxush hisoblanadi.
Kerakli asboblar, idishlar va reaktivlar:
Laboratoriya LP-5 rN metri. Termometr. 2 ta 100 ml li kimyoviy stakan. 5
ml li pipetka. 0,1 n o’yuvchi natriy eritmasi.
Ishning bajarilishi:
Bu ishni bajarish uchun sharbatlari antotsianlar bilan bo’yalgan mevalar
yoki rezavor mevalar: gilos, qora smorodina va karolidan foydalanish
mumkin. Ikkita stakanga 5 ml dan sharbat quyiladi.
Stakanlarning bittasiga sekinlik bilan tomchilatib 0,1 n o’yuvchi natriy
eritmasidan tabiiy rang o’zgargancha qo’shiladi. SHarbatning birinchi va
ikkinchi stakandagi rangi belgilanadi. Keyin tabiiy va rangi o’zgargan sharbatning
rN qiymati aniqlanadi. Rangli suyuqliklar muxitining rN qiymatini o’lchash
uchun LP-5 rN metri tavsiya etiladi. Stakandagi suyuqlik xajmini distillangan suv
bilan suyultirish orqali oshirish mumkin (xajmining 10 barobargacha oshishi muxit
rN qiymatiga ta’sir qilmaydi). Antotsianlar rangi rN ning qanday qiymatida
o’zgarishi aniqlanib, ish yuzasidan xulosa qilinadi.
Tekshirish uchun savollar:
1. Nima uchun po’sti archilgan kartoshka qorayadi?
2. Antotsianlar rangini o’zgarishi qanday omillarga bog’liq?
3. SHarbatlarning muxit reaktsiyasini qanday aniqlash mumkin?
Dostları ilə paylaş: