10.2. Psixologiyaning falsafa doirasida rivojlanishi.
Psixologiya ko„plab fanlar bilan uzviy bog„liq holda rivojlanib bormoqda.
Fanlar orasidagi bog„liqliklar psixologiyaning fanlar tizimidagi o„rnini belgilab
beradi. Bizga ma‟lumki, mavjud fanlar gumanitar, tabiiy va falsafiy turlarga
bo„linadi. Bir qator bir-biri bilan yondosh bo„lgan fanlar mazkur tasniflashga
kiritiladi, lekin psixologiya mustaqil fan sifatida namoyon bo„ladi. U inson ruhiy
faoliyatining tabiiy, tarixiy va ijtimoiy tomonini o„rganadi. Psixologiya barcha
turdagi fanlar orasida muhim o„rinni egallaydi. Psixologiya falsafa, tarix,
79
san‟atshunoslik, texnika, pedagogika fanlari bilan uzviy bog„liq. Shunga muvofiq
psixologiyaning boshqa fanlar bilan bog„liqligini tahlil qilish muhim ahamiyat
kasb etadi. Psixologiya falsafa fani bilan chambarchas bog„langan. Bu bog„liqlik
ikkala fanning inson va uning hayoti mohiyatini to„la anglash va rivojlantirish
an‟analarini belgilashdagi o„rni va ahamiyatidan kelib chiqadi. Tabiat, jamiyat va
inson tafakkurini rivojlanishiga oid bo„lgan umumiy qonuniyatlar va tamoyillarni
psixologiya falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o„zi ham inson ongi va
tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi yutuqlar bilan falsafani boy ma‟lumotlarga ega
bo„lishiga yordam beradi. Shuni alohida ta‟kidlash joizki, mustaqillik mafkurasi va
milliy ongni shakllanishiga taaluqli, umumiy, ilmiy qonuniyatlarni tizimlashda bu
ikkala fan − falsafa va psixologiyaning hamkorligi bevosita sezilmoqda. Bu
bog„liqlik avvalo yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantirish muammosi
ko„ndalang turgan tarixiy davrda milliy istiqlol g„oyalarini yurtdoshlarimiz ongi va
tafakkurida shakllantirish kabi dolzarb vazifalarni bajarishga xizmat qilmoqda.
10.3. Jonli va jonsiz tabiatda aks ettirish shakllari.
Psixika - bu yuksak darajada tashkil topgan materiyaning sistemali xossasi
(xususiyati), subyekt tomonidan ob‟ektiv borliqni faol aks ettirish, mazkur borliq
manzaralarni subyekt o„zidan uzoqlashtirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda o„z
xulqini va faoliyatini shaxsan boshqarishdir. Psixikada o„tmishning, hozirgi davr
va kelasi zamonning hodisalari ifodalangan, tartibga solingandir. O„tmish
hodisalari inson xotirasida mujassamlashib, shaxsiy tajribalarda namoyon bo„ladi.
Hozirgi zamon aqliy jarayonlar, hissiy kechinmalar, obrazlar va tasavvurlar
majmuasida ifodalanadi. Kelajak esa turtkilarda, maqsad, ezgu niyatlarda,
shuningdek, fantaziya, vijdon azobi, armon va tushlarda aks etadi. Inson psixikasi
ham anglanilmagan, ham anglanilgan xususiyatga ega bo„lib, anglanilmagan
psixika o„z navbatida hayvon psixikasidan sifat jihatidan keskin tafovutga va
ustuvorlikka ega. Tashqi obyektlarning psixika shaklida maxsus tana a‟zolari
qurilmasining faol va ilgarilab in‟ikos etishi sharofati bilan mazkur obyektlarning
xususiyatiga mutlaqo mutanosib harakatlarni amalga oshirish imkoniyati yuzaga
80
keladi. Shu bilan birga psixikaning vaziyat ustuvorligi va qidiruv faolligi tufayli
organizmning tarkiblari o„rtasida yashash uchun kurash ro„yobga chiqadi.
Dostları ilə paylaş: |