191
Sifat
- mazkur sezgining asosiy xususiyati bo‟lib, uni boshqa sezgi
turlaridan farqlaydi va ayni shu sezgi turi doirasida o‟zgarib turadi. Masalan,
eshitish sezgisi past-balandligi, mayinligi, zo‟rligi bilan farq qiladi va hokazo.
Sezgining jadalligi uning miqdorini ifoda etadigan xususiyat bo‟lib, ta'sir
kelayotgan qo‟zg‟atuvchining kuchi va reseptorning funksional holati bilan
belgilanadi. Sezgining davomiyligi uning vaqtinchalik xususiyati hisoblanadi. U
ham sezgi a'zosining funksional holati bilan lekin asosan qo‟zg‟atuvchining ta'sir
qilish vaqti va ta'sirning jadalligi bilan belgilanadi. Qo‟zg‟atuvchi sezgi a'zosiga
ta'sir qilishi bilanoq sezgi hosil bo‟lmaydi, balki bir oz vaqt o‟tgach hosil bo‟ladi.
Bu sezgining latent (yashirin) davri deb ataladi. Latent davri har xil sezgi turi
uchun turlicha, masalan, taktil sezgilari uchun 130 millisekund bo‟lsa, og‟riq
sezgisi uchun 370 millisekundan iborat.
Bilinar - bilinmas sezgi hosil qiluvchi qo‟zg‟atuvchining minimal kuchi
sezgirlikning
Dostları ilə paylaş: