qo‘yilmalar emas, balki joriy xarajatlar sifatida quyidagi tartibda hisobga olingan.
Modernizatsiyalash xarajatlarini kapital qo‘yilmalarga o‘tkazish:
Debet 0130-"Mashina va asbob-uskunalar" schoti;
Kredit 9430-“Davr xarajatlari” schoti.
Uskuna qiymatining 3 500 ming so‘mga ko‘payishi:
Debet 0130-"Mashina va asbob-uskunalar" schoti;
Kredit 2510-"Umumishlab chiqarish xarajatlari" schoti
.
Bundan tashqari, buxgalter tomonidan uskuna amortizatsiyasini qayta hisob-kitob qilish (u
Oktabrdan boshlab ko‘paytirilgan qiymat - 15 500 ming so‘m, deb baholangan) va korxona
umumbelgilangan soliqlar to‘lovchisi hisoblansada, foyda, mol-mulk, obodonlashtirish va ijtimoiy
infratuzilmani rivojlantirish soliqlari hisob-kitobi chog‘ida xarajatlar (mahsulot tannarxi)
kamayishini hisobga olish va amortizatsiyani qo‘shimcha hisoblab yozilmagan.
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim?
4. Xato va kamchiliklar ro‘yxati jadvalini tuzing.
Masala. Korxona o‘zining xodimiga kompyuterni 500 ming so‘mga sotdi. Buxgalteriya hisobi
bo‘yicha kompyuterning boshlang‘ich qiymati 1 020 ming so‘mga, unga hisoblangan amortizatsiya
612 ming so‘mga teng. Yuqorida keltirilgan muomala korxona buxgalteri tomonidan buxgalteriya
hisobida quyidagicha aks ettirilgan:
Dostları ilə paylaş: