Debet 9120-“Sotilgan tovarlar tannarxi” schyoti -9000000 so’m;
Kredit 2910-“Ombordagi tovarlar” schyoti -9000000 so’m, yozuvi berilgan.
Tekshiruv natijalariga ko’ra xaridor tomonidan to’lov 9 iyulda o’tkzilgan va unga buxgalter
tomonidan quyidagicha o’tkazma bergan:
Debet 5110-“Hisob-kitob schyoti” schyoti -10000000 so’m;
Kredit 4010-“Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyoti -10000000 so’m,
Talab etiladi
1.
Yuqoridagi ma’lumotlar asosida to’g’ri buxgalteriya provodkalarini to’g’riligini
tekshiring va auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.
2.
Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi
lozim;
Masala. Korxona ishlab chiqarish xarajatlari auditi jarayonida auditorlardan korxona
buxgalterlari tomonidan quyidagi masalalar yuzasidan maslahat-tushuntirish ishlari berilishi
lozimligi so’raldi:
1. Korxona transport vositasi shartnoma asosida ijaraga berilgan. Ijaraga oluvchi neft
mahsulotlari bilan ta’minlanganda (unga sotilganda) umumbelgilangan soliq to’lovchi va yagona
soliq to’lovchi bo’lgan korxonalar uchun qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?
2. Asosiy vositalarning ta’mirlanishi bo’yicha amalga oshirilgan xarajatlar ishlab chiqarish
xarajatlariga kiritiladimi yoki asosiy vositaning qiymatigami?
3.
Elektr
dvigatellar
korxonaning
asosiy
vositasi
hisoblanmish
mexanizmlarni
harakatlantiradigan bir qismdir. Ishlab chiqarish zaruriyati bilan mashina va uskunalarning elektr
dvigatel, nasos singari ehtiyot qismlarini tez-tez almashtirishga to’g’ri keladi. Bunda yangi elektr
dvigatel xarid qilinib, foydalanishga berilganda u asosiy vosita sifatida buxgalteriya o’tkazmasi
orqali ifodalanadimi yoki unga ehtiyot qism sifatida qaraladimi?
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to’g’ri hisobga olinganligini
tekshirib, auditorlik dalolatnomasini tuzing.
Dostları ilə paylaş: