265
Agar blokcheyn faqat bitta kompyuterda saqlangan bo‘lsa va
u to‘satdan o‘chirilgan bo‘lsa, unda bu muammo tug‘diradi.
Aslida, blokcheynning hozirgi holati yuklab olinadi,
sinxronlashtiriladi va dunyodagi ko‘plab kompyuterlar tomonidan
ta’minlanadi.
Ushbu kompyuterlar "
tugunlar
" yoki "
nod
lar" deb nomlanadi
va blokcheyn xavfsiz va zamonaviy bo‘lishini ta’minlash
uchun
ular tengdosh tarmog‘ida birgalikda ishlaydi.
4.3.2-rasm.
Bitcoin blokcheyn bloki
266
Tengdosh tarmog‘i
- ham "peer-to-peer" (P2P) tarmog‘i deb
ataladi, bu unga birlashtirilgan
barcha kompyuterlar bir xil
huquqlarga ega va asosiy (markaziy boshqarish) server yo‘q.
Tengdoshtarmoq tugunlarining har bir tugunlari blok-
cheynning to‘liq, yangilangan versiyasini saqlaydi.
Har safar
yangi blok qo‘shilganda, barcha tugunlar blokcheynni yangilaydi.
Tengdoshlar tarmog‘idan foydalanish ma’lum afzalliklarga ega:
har doim dastur qidiruvchisi (
blockchain Explorer)
yordamida blokcheyn holatini tekshirishingiz mumkin;
blokcheynning haqiqiy holatini bilish uchun faqat bitta
tomonga ishonish shart emas;
blokcheyn himoyalanganligini bilish uchun bitta serverning
xavfsizligiga ishonishning hojati yo‘q;
tajovuzkor bir vaqtning o‘zida
bitta serverni emas, balki
minglab kompyuterlarni buzishga majbur bo‘ladi;
blokcheyn hech qachon yo‘qolib
ketishiga doim ishonch
bor, chunki buning uchun uni barcha tugunlar yo‘q qilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: