21
O’quvchilar jamoasi ijtimoiy-foydali ahamiyat kasb etuvchi umumiy
maqsad va birgalikdagi faoliyatga asosan jipslashgan o’quvchilar birlashmasi,
guruhidir. O’quvchilar jamoasi (shuningdek, akademik litsey va kasb-hunar
kollejlari o’quvchilari jamoasi)ga rasmiy saylangan (tayinlangan) o’quvchi hamda
o’qituvchilar yo’lboshchilik qiladi. Ular sirasiga guruh rahbari, guruh faollari
(xususan, guruh yetakchisi, «Yoshlar ittifoqi» tashkilotining guruh sardorlari,
tozalik komissiyasi raisi, devoriy gazeta muharriri va boshqalar).
Bolalar
jamoalarida
rasmiy
yetakchilar
bilan
birga
norasmiy
yo’lboshchilarning mavjudligi ko’zga tashlanadi. Odatda rasmiy yo’lboshchilar
tarkibini a’lo baholarga o’qiydigan, jamoa ishlarida faol ishtirok etuvchi
o’quvchilar tashkil etsa, norasmiy liderlar garchi bu kabi sifatlarni namoyon
etmasalarda, ayrim sifatlariga ko’ra tengdoshlarini o’z ortlaridan ergashtira
oladilar. Bunday o’quvchilar boshqalardan jismonan kuchliligi, qat’iyatliligi, hech
narsadan cho’chimasligi, o’ziga bo’lgan ishonchi bilan ajralib turadilar. Norasmiy
liderlarning ma’naviy-axloqiy qiyofasi boshqa o’quvchilarga jiddiy ta’sir
ko’rsatadi. Shu bois sinf rahbari hamda maktab pedagogik jamoasi bunday
liderlarning faoliyatini bevosita va bilvosita nazorat qilib borishlari zarur.
O’quvchilar uyushmasiga pedagogik rahbarlik, yuqorida qayd etilganidek,
aksariyat holatlarda sinf rahbari tomonidan amalga oshiriladi. Shu sababli sinf
rahbari guruhning umumiy hamda har bir a’zosining individual xususiyatlarini
bilishi, ularni inobatga olgan holda jamoaga yondashishi zarur. Sinf rahbarining
Jamoa
an’ana
(qadriyat)lar
ni qabul
qiladi
Jamoa an’ana
lari va qadriyat
lariga amal
qilinishi
To’laqonli
birlikning qaror
topishi
Shaxs jamoaga
ixtiyoriy
(konfor
mizm) ravishda
bo’ysunadi
Shaxs jamoani
o’ziga
bo’ysundi
radi
(konfor
mizm)
Jamoa
faoliyati
ni tashkil
etishdagi
rollari
Jamoa an’analari (qadriyatlari)
shaxs tomonidan majburan qabul
qilinadi, unga nisbatan
norozilik
kelib chiqishi mumkin
Ikki yoqlama qadriyatlar
tizimining qaror topishi
Norasmiy
liderl
ik
Dostları ilə paylaş: