O`zbеkistоn respublikasi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi n-fayllar.org
Bilimlarni mustahkamlash uchun savоllar: 1. Ta’lim qоnuniyatlarining ta’riflang?
2. Ta’lim qоidalarining nima ahamiyati bоr?
3. Ta’lim qоidasini ilmiyligi nima?
4. Tizimligi – chi?
5. Izchilligi – chi?
6. Mоs va lоyiqlik qanday amalga оshiriladi?
7. Ko’rsatmalilik qоidasini izоhlang?
8. Оnglilik va aktivlik qоidasini ta’riflang?
9. Tushunarli bo’lish qоidasi qanaqa bo’ladi?
10. Mustahkam bo’lish qоidasi – chi?
Glossariy Adekvatlik – teng, o’xshash, muvofiq kelmoq.
Analogiya – psixik xodisalar va xulq-atvor xususiyatlarining o’xshashligi.
Anketa – metodlardan biri bo’lib, respondent to’g’risida aniq ko’zlangan
ma'lumotlarni yig’ish maqsadida qo’llaniladi.
Assotsiatsiya – psixik xodislar orasidagi o’zaro bog’lanish, u ma'lum
qonunlar bo’yicha tarkib topadi.
Attraksiya – bir kishini boshqa kishi ko’rib qolganda, idrok etishda yuz
beradigan tafakkur turi.
Apatiya – kishining tevarak atrofdagi olamga nisbatan befarqlik xolati.
Audivizual idrok – shaxsning bir vaqtning o’zida ham eshitib, ham ko’rib
idrok qilishi.
Autogen mashq – shaxsning o’z-o’zini ishontirish va o’z-o’zini idora
qilishga asoslangan psixoterapevtik usul.
Affekt – kuchli, jo’shqin va nisbatan qisqa muddatli emotsional kechinmalar
sifatida ro’y beradigan psixologik holat.
Biografik metod – odamni uning tarjimai holi bilan bog’liq bo’lgan xujjatlar
orqali o’rganish usuli.
Bixeviorizm – psixologiyaning o’rganish predmeti sifatida odam xulqatvorini
olinishi nazariyasi.
Breynshorming – aqlga xujum – baxslarni tashkil etishda qo’llaniladigan
interfaol usuldir.
Bosqichlar – muloqotda mavjud bo’lgan shaxsning o’zi bilan, boshqalar
bilan va avlodlar orasida kechadigan jarayoni.
Verbal – og’zaki ifodalangan nutq.
Vegetativ nerv tizimi – nerv tizimining organizm ichki a'zolari faoliyatini va
modda almashinuvini boshqarib turadigan bir qismi.
Genotip – ota-onadan farzandga o’tadigan irsiy belgilar majmui.
Gerontopsixologiya – psixologiya tarmog’i, qarilik davri psixologiyasini
o’rganadi.
Gnostik – butun borliqni bilishga yo’naltirilgan faoliyat.
Guruh – odamlarning birgalikdagi faoliyat mazmuni yoki muloqotda bo’lish
xarakteri kabi qator belgilarga asoslangan ijtimoiy jamoa.
Dunyoqarash – odamning tevarak-atrofdagi oamga va unda o’zining tutgan
o’rniga qarashlaridan kelibchiqqan tizim. Uning falsafiy, siyosiy, ilmiy, diniy,
aqliy va estetik qarashlari yig’indisi.
Depressiya – tushkunlik kayfiyati.
Diqqatning barqarorligi – diqqatning ma'lum ob'ektga uzoq vaqtdavomida
muttasil qaratilishi.
Diqqatning ko’lami – bir vaqtning o’zida diqqatning bir qancha ob'ektga
qaratilishi imkoniyati.
Diqqatning taqsimlanishi – diqqatning bir vaqtda bir necha ob'ektga
taqsimlanish xusuiyati.
Diqqatning ko’chishi – diqqatni ixtiyoriy ravishda bir ob'ektdan ikkinchisiga
ko’chirish.
Dialog – ikki va undan ortiq kishilarning o’zaro og’zaki gaplashishi.
Dialogik nutq – nutq turlaridan bo’lib, bunda so’zlovchilar barobar teng,
birgalikda faollik ko’rsatadi.
Dominant shaxs – boshqalar bilan muomala va munosabat o’rnatishda o’z
fikrini o’tkazish xislatining yorqin namoyon bo’lishi.