minglik — burchak uzunligi to‘g‘ri 1—1000 radius yoki burchak markazi aylanma yoyi, to‘g‘ri 1—6000 aylana qism.
Nishon burchak kattaligini qo‘ldagi mavjud buyumlar: chizg‘ich, qalam, gugurt qutisi yoki qo‘l barmog‘i bilan ham o‘lchasa bo‘ladi. Buning uchun ushbu buyumlarning minglik holatini bilish zarur. Chizg‘ichni 1 mm—0—02; dumaloq qalam —0—12; gugurt uzunligi bo‘yicha chiziqcha — 0—90, kengligi bo‘yicha — 0—60, balandligi bo‘yicha — 0—30; qo‘l barmoqlari: bosh barmoq — 0—40; ko‘rsatkich barmoq — 30; kichigi — 0—20.
Masalan, nishonning burchak kattaligini aniqlash uchun chizg‘ich yordamida, nishon masofasi, chekkasi, kengligi, balandligi yoki uzunligi 4 mm bo‘lsa, undan nishonning burchak kattaligi 0—02 • 4 = 0—08 ga teng.
Nishonning burchak kattaligini qo‘ldagi buyumlar yordamida aniq o‘lchash lozim bo‘lsa, ko‘zdan 50 sm masofa nariga aniq olib borish kerak.
Nazorat savollari
O‘qotar qurollarning vazifasi, tuzilishi, ishlash tamoyili va jangovar xususiyatlarini bayon eting.
Hozirgi kunda Qurolli Kuchlarimizda qanday avtomatlar keng qo‘Uaniladi?