Stvol — o‘qning mo‘ljallangan tomonga uchishi uchun xizmat qiladi (91- rasm). Stvol ichkarisida to‘rt qirrali kanali bo‘lib, chapdan yuqoriga va o‘ngga yo‘nalgan. Qirralar o‘qning tez kuchlanib harakatlanishiga xizmat qiladi. Qirralar bilan bog‘langan yo‘lak bo‘lib, bu yo‘lakning o‘rtasi stvol kalibri deyiladi. Stvolning zirhlangan qismi qattiq piston shaklida bo‘lgan kanali o‘qlanish qismi deyiladi. O‘qlanish qismidan stvol kanalining qirrali qismiga o‘tishi o‘qning yo‘lagi deb ataladi. Stvolning bosh qismida rezba bo‘lib, unga kompensator ulanadi, gaz kamerasi, bog‘lovchi mufta, nishonga olish dastasi hamda o‘q solinadigan joyda otilgan o‘q gilzasini chiqarib tash- lovchi qismini ilib olish uchun zirhli kesishgan joyida yo‘naltiruvi changakdan iborat. Gaz tuynugida ishqorlangan yo‘nalish gaz kamerasi orqali gaz kamerasiga o‘tadi. (92-rasm).