Kuzatish uchun joy tanlash. Ko‘rinish cheklangan sharoitda joy va joydagi predmetlarni o‘rganish
Joy va dushman razvedkasini olib borish uchun askar kuzatuvchi qilib tayinlanishi va kuzatish posti tarkibida harakatlanishi mumkin. Kuzatish posti yashirincha jihozlanadi, niqoblanadi va dushmanni kuzatish uchun kerak bo‘lgan barcha vositalar bilan ta’minlanadi. Kuzatish punkti uchun joy, joyni va dushmanning postdagi predmetlarini, o‘z qo‘shinlari harakati ko‘rsatilgan polosada imkon qadar, uzoqlikdan kuzatish imkonini ta’minlashi kerak.
Odatda, kuzatish uchun polosa dushmanni razvedka qilishdan tashqari, o‘z qo‘shinlari harakatini kuzatib borish; sektor faqat dushmanni va o‘ta kesishgan sharoitli joyni kuzatish uchun belgilanadi. Kuzatuv postida okopda, transheya- da, snaryad (bomba) portlagan chuqur maxsus jihozlangan inshootda, jangovar mashinada yoki kuzatish qulay bo‘lgan joyda bo‘lishi mumkin.
Kompas — ufq (gorizont) tomonlarni to‘g‘ri aniqlash uchun kerak.