4-semestr jami: 60 soat Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.
2.
Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar) - Bilimlar jixatidan: O‘zbek tilining imlo qoidalari bo‘yicha bilimga ega bo‘lishlari kerak;
O‘zbek adabiy tili me‘yorlari bo‘yicha bilimga ega bo‘lishlari kerak;
Ko‘nikmalar jixatidan: O’zbek tilida sohaga oid oid atamalarni tushunish, ularni mutaxassisligi mavzusidagi muloqotda mustaqil qo’llay olish jarayonlarining xususiyatlarini bilish va ulardan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
Sohaga oid matnlar bilan o’zbek tilida tanishish, matn tuzish, uni tahlil va tahrir qilish, sohaviy hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish, kasbiy muloqot yuritish ko’nikmalariga ega bo’lish, tizimli tahlil qilish malakasiga ega bo‘lishi kerak.
3.
Ta’lim texnologiyalari va metodlari:
Amaliy mashg’ulot mazmunini o’zlashtirish;
individual topshiriqlar;
guruhlarda ishlash;
real vaziyatga asoslangan amaliy ishlarni bajarish;
loyiha ishi bajarish;
mustaqil ishlarni bajarish
4.
Kreditlarni olish uchun talablar: Fanga oid amaliy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, ma’lum kasbiy so’z va tushunchalarni mustaqil qo’llay olishi, mustaqil ravishda amaliy ishlarni bajara olish va kompyuterdagi word, excel dasturida hujjatlarni yuritish yuzasidan ishlay olish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ishni topshirish.