53
materiallari va ishlari qiymatining sun’iy ravishda qimmatlashuviga olib
keladilar.
Kapital qurilishda narx belgilashning zamonaviy bozor usullarini keng
qo’llashni hisobga olgan holda investisiya loyihalarini amalga oshirish
chog’ida joriy shartnomaviy narxlarga bosqisma-bosqich o’tish farmonning
muhim bo’limi hisoblanadi.
Respublikaning Investisiya dasturi sifat jihatdan yangicha yondashuvlar
bilan shakllantiriladi. Bu dasturni uch yillik davrga mo`ljallab ishlab chiqish
nazarla tutilmoqdaki, u loyiha-qidiruv ishlaridan boshlab inshootni
foydalanishga topshirgunga qadar bo’lgan butun siklni e`tiborga olish,
qurilishni uning real moliyalash manbalari bilan to’liqroq, bog’lash
imkoniyatini yaratadi, bu esa investisiya loyihalarini ro’yobga chiqarish
samaradorligini oshirishga ko’maklashadi.
Loyiha va qurilish ishlarining sifatli bajarilishi, me`yoriy bezashga,
qurilish me`yorlari, qoida va standartlariga rioya etilishi, inshootlar o’z
vaqtida ishga tushirilishi hamda loyiha va qurilish ishlari qiymatiniig sun’iy
ravishda oshirilishiga yo’l qo’yilmasligini ta`minlash ustidan nazotni
kuchaytirish uchun O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish
qo’mitasining vakolatlari hamda mas`uliyatini oshirish ko’zda tutiladi.
Xususan, loyihalash va qurilish bo’yicha sifat hamda belgilangan talablarni
buzganlik uchun jarima solish va boshqa jazo choralarini qo’llash bo’yicha
Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasining huquqini kengaytirish
mo’ljallandi.
Farmonda yuqori sifatli raqobatbardosh mahalliy qurilish
materiallari va konstruksiyalari turlarini kengaytirish hamda ishlab
chiqarish hajmlarini ko’paytirish maqsadida ularni ishlab chiqarish uchun
asbob-uskunalar va ularning butlovchi buyumlarini olib kelish chog’ida
bojxona to’lovlari bo’yicha besh yil muddatga imtiyozlar berilgan.
Mazkur farmonning qoidalarini hayotga tatbiq etish, xech so’zsiz,
kapital qurilishda tub o’zgartirishlarni amalga oshirish, tapmoqda bozor
iqtisodiyoti tamoyillari va talablariga mos keladigan xo’jalik munosabatlarini
keng joriy etishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: