80
Quddus Muhammadiy ijodiga xos boʻlgan muhim xususiyatlardan biri
hozirjavoblikdir. Shoir asarlarida ona-Vatanga muhabbat, aʼlo oʻqish, xulq-odobda
boshqalarga namuna boʻlishga daʼvat etish, fan va texnikani oʻrganish masalalari
asosiy mavzulardan hisoblanadi.
Ikkinchi jahon urushi davrida Quddus Muhammadiy Islom Shoirga adabiy kotiblik
qiladi. Bu yerda u xalq ogʻzaki ijodi namunalari bilan yaqindan tanishadi. Islom
Shoirdan koʻp narsalarni oʻrganadi.
Shoirning birinchi sheʼrlar toʻplami 1946 yilda “Oʻquvchiga esdalik” nomi bilan
bosilib chiqadi. Shundan keyin uning 60 dan ziyodroq turli nom va tillardagi
kitoblari chop etiladi.
Quddus Muhammadiy doimo zarur mavzularda asarlar yaratib keldi. Har bir
sheʼrni kundalik hayotimizdan olib yozdi. Yozganda ham qiziq yozdi, qizgʻin
yozdi, soz yozdi. Bolalarni oʻqishga, hunar oʻrganishga, odobli boʻlishga,
mehnatga chorlaydi, qiziqtirdi. Buni shoirning “Oʻquvchiga esdalik” sheʼrida
koʻrish mumkin. Asarda maktab oʻquvchisining maʼnaviy qiyofasi va vazifalariga
mufassal toʻxtalib, oʻqish, bilim oʻrganish zarurligini taʼkidlaydi:
Dostları ilə paylaş: