Uyushiq bo‘laklarning o‘zaro bog‘lanishiga oid ta’kidiy diktant.
1. Dala yo’lining ikki tomoni bog‘lar, tutash gullar bilan qoplangan. 2. Daraxtlar
orasidan ishchilarning bir xilda qurilgan shinam uylari, kichik-kichik bog‘chalari
ko‘rinib turadi. 3. Xirmonga katta yo‘ldan yoki yolg‘izoyoq yo’ldan boriladi 4.
Tabiatdan inson manfaatlarini ko‘zlab oqilona foydalanish, tabiat boyliklarini
asrash, qo‘riqlash va ko‘paytirish hammaning burchi hisoblanadi. 6. Teraklarning
elektr nuridan olachipor ko‘ringan barglari goh shivillar, goh shovillardi.
Matnni o‘qib, uyushiq bo‘laklarni topish. Uyushiq bo‘laklar orasiga nima
uchun vergul qo‘yilgan-qo‘yilmaganligini tushuntirish.
Bir-birini kesishgan, uzun, adil, keng va jimjitgina ko‘chalar bo‘ylab
qatorlashgan uylar yap-yangi va shinam edi. Daryo tomondan suvlarning jonli,
nash’ali kuyi oqar edi. Uylar orasidagi devorlarni chirmovich gullar yo qovoq
palaklari yoki yosh mevali daraxtlarning novdalari bezar edi.
Uyushiq bo‘laklarda vergulning ishlatilishiga oid o‘z-o‘zini tekshirish diktanti.
1. Inson mehnati, odobi, axloqi va intizomi bilan go‘zal. 2. Zarqishloqning katta-
kichik ko‘chalarida, serdaraxt bog‘larida ko‘klam namoyishi kezadi. 3. Dilmurod
goh to‘xtar, goh bir-ikki odim bosardi. 4. Inson birlik, do‘stlik, ezgu maqsadlar bilan
go‘zal va kuchli. 5.Uchopganidanmi yo qattiq hayajonlanganidanmi tez-tez nafas
olardi. 6. Sayohatchilar goh atrofdagi xilma-xil o‘simlik va gullarga, goh qorli
cho‘qqiga qarab yuqoriga intilishmoqda.
Mustaqil ish. Biriktiruv, zidlov, ayiruv bog‘lovchili va bog‘lovchisiz bog‘langan
uyushiq bo‘lakli gaplar tuzish.
So’ngra uyushiq bo‘laklarning bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan bilan
ko‘makchisi, -u (-yu), -da, ham yuklamalari yordamida bog‘lanishiga oid amaliy
ishlar bajariladi, nazariy ma’lumotlar o‘rganiladi.
Shu payt eshikdan vrach bilan hamshira kirib keldi.
Bilan ko‘makchisi biriktiruv bog‘lovchisi vazifasida ham qo‘llanadi. Bu vaqtda
uning o‘rnida va, hamda biriktiruv bog‘lovchilarini qo‘llash mumkin bo‘ladi:
21
Bilan ko‘makchi bo’lib kelganda esa uning o‘rnida biriktiruv bog‘lovchilarini
qo‘llab bo‘lmaydi. Biz qunt bilan o‘qiymiz, o‘rganamiz.
Bilan bog‘lovchi vazifasida kelganda, uyushiq bo‘laklar orasida pauza
sezilmaydi. Shunga ko‘ra bilan ko‘makchisi bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan
uyushiq bo‘laklar orasiga vergul qo’yilmaydi:
kim?
kim?
Shu payt eshikdan vrach bilan hamshira kirib keldi.
Agar bilan so‘zidan keyin qisqa pauza qilinsa, uyushiq bo‘laklar emas, birgalik
ma’nosini ifodalovchi to‘ldiruvchi hosil bo‘ladi:
kim bilan?
kim?
Shu payt eshikdan vrach bilan hamshira kirib keldi. (hamshira vrach bilan...)
Mustaqil ish. Bilan qaysi gaplarda ko‘makchi, qaysi gaplarda bog‘lovchi
vazifasida qo‘llanganligini aniqlash.
1. Tog‘ bilan tekislik orasida ham, tog‘lar orasida ham ko‘pgina shahar va
qishloqlarimiz bor. 2. Yo‘lchi o‘roqqa diqqat bilan tikilib qaradi va enkayib o‘ra
boshladi.
3. Malikov bilan Anvar boshqa brigadaga qarab yo‘l oldilar. 4.
Bepoyon Qizilqumning janubiy qismi Amudaryo qirg‘oqlari bilan tutashib ketgan.
So‘ngra bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan yuklamali uyushiq bo‘lakli gaplar
tahlil qilinadi:
1. Poyezd kechasiyu kunduzi tinimsiz yo‘l yurib, oxiri belgilangan manzilga
yetib keldi. 2. Ozoda ilgakdagi paltosini oldi-da, ro‘moliga qo‘l uzatdi. 3. Boya men
kelgan tomondan bir gala turna shitob bilan osmonga ko‘tarildi-yu, safga tizilmay,
betartib qanot qoqib, bezovta «qure»ladi. 4. U O‘ktam ham O‘sarjonga qarab,
salmoqlanib dedi.
Uyushiq bo‘laklar o‘zaro bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan-u (-yu), -da, ham
yuklamalari yordamida ham bog‘lana oladi.
bilan
Shu payt eshikdan vrach va
hamshira kirib keldi.
hamda
22
Bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan-u (-yu) yuklamalari o‘zidan oldingi uyushiq
bo‘lakka qo‘shilib yoziladi, -da yuklamasi esa chiziqcha orqali yoziladi. Bu
yuklamalar biriktiruv hamda zidlov bog‘lovchisi vazifasida qo‘llanishi mumkin. -
u (-yu), -da yuklamalari biriktiruv bog‘lovchisi vazifasida qo‘llansa, ulardan keyin
vergul qo‘yilmaydi. Zidlov bog‘lovchisi vazifasida qo‘llangan yuklamalardan
keyin vergul quyiladi.
Uyushiq bo‘laklar biriktiruv bog‘lovchisi vazifasida qo‘llangan ham yuklamasi
bilan bog‘lana oladi. Bunda ham o‘rnida va, hamda biriktiruv bog‘lovchilarini,
bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan bilan ko‘makchisini qo‘llash mumkin bo‘ladi.
Ham yuklama bo‘lib kelganda uning o‘rnida biriktiruv bog‘lovchilarini qo‘llab
bo‘lmaydi: Polizlardagi oq qirovga asralgan qirvma qovunlar ham uzildi.
Ham yuklamasi uyushiq bo‘laklardan oldin yoki takrorlanib kelishi mumkin, u
faqat uyushiq bo‘laklarning oldida kelgandagina bog‘lovchi vazifasini bajaradi:
O‘qish havasi menga naqadar xo‘rlik va hayajon keltirganini eslash ham qayg‘uli,
ham kulgilidir.
Ham uyushiq bo‘laklardan keyin takrorlanib kelganda ta’kid yuklamasi bo‘lib
keladi va uyushiq bo‘laklarni ta’kidlash uchun qo‘llanadi: Odamlar qorda ham ayni
fidokorlik bilan ishlar edilar. Gaplarni ifodali o‘qib, bog‘lovchi vazifasida
qo‘llangan yuklamali uyushiq bo‘laklarni aniqlash.
Kun issiqligidan yeru ko‘k lovillaydi. Vodoprovod jo‘mragidan jildirib
tushayotgan suv ham ilib qolgan. 2. Bolalar mening qayerlik ekanimni so‘radilar-
da jim bo‘lib chetlanib o‘tirdilar. 3. Uy ham, hovli ham, tomorqa ham juda ozoda
edi. 4. Ishchi ham, dehqon ham chorvador g‘am Vatanimiz boyligini oshirmoqda.
5.Unda tok ham, daraxtlar ham, gullar ham did va uquv bilan o‘tqizilgan. 6. Osmon
ham, havo ham atrofimizda firuza rangga kirgan qirlar ham beg‘ubor edi.
ham
U O‘ktam — va —— O‘sarjonga qarab, salmoqlab dedi.
hamda
bilan
|