Axborotning elektron eltuvchisi - axborotni raqamli shaklda saqlash va uzatishning maxsus qurilmasi (disketlar, CD-disk va boshqalar).
Elektron darslik bo‘limi - an'anaviy darslikning boblariga o‘xshash o‘quv fanining turli sohasi.
Elektron darslik moduli - an'anaviy darslikning mavzulari yoki
paragraflariga o‘xshash, o‘quv fanining bo‘limlarini tashkil etuvchisi.
Virtual ustaxonalar va laboratoriya stendlari -ustaxona jihozlari va laboratoriya stendlarining kompyuter-imitatsiya moduli.
Elektron darsliklar quyidagi asosiy xossalari bilan ajralib turadilar:
ta'limni, o‘quv mashg‘ulotlarini yuqori sifatli darajada olib borilishini ta’minlashi;
mustaqil ta'lim olish va egallangan bilimlarni mustaqil baholash imkoniyatining berilishi;
ma'ruza va amaliy mashg‘ulotlarning hamohangligi;
axborot-ta'lim ashyolarini rivojlantirish xususiyatining hamohangligi;
matn va boshqa axborot materiallarini maxsus navigatsiya (gipermatn) va illyustratsiya (multimedia vositalari, rasmlar, diagrammalar va jadvallar) bilan taqdim etishi.
Elektron darsliklar kompyuter texnologiyalari samaralaridan foydalanib, eng muhim tushuncha va qonuniyatlarni tushunish va yodda olishni maksimal darajada engillashtiradi.