Elektron darsliklar quyidagi tamoyillarga javob berishi kerak: Kvantlash tamoyili: o‘quv materiallarini mazmunan yopiq, minimal hajmga ega modullarga ajratish. Modullar bir necha bosqichdan iborat bo‘ladi, ammo 4-5 va undan yuqori bosqichga ega elektron darsliklarning didaktik imkoniyatlari pasayadi.
To‘laqonlilik tamoyili: o‘quv materiallarining asosiy mazmunini qamrab olgan har bir modul o‘zida quyidagilarni mujassamlashtirgan bo‘lishi kerak:
gipermurojaatga ega kalit so‘zlar;
nazariy yadro;
nazariya bo‘yicha nazorat savollari;
namunalar;
mustaqil yechish uchun masalalar;
modul bo‘yicha nazorat savollari (javoblari bilan).
Birinchi bosqich modulida quyidagilar bo‘lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi: