kserofit (quruq) xususiyatga ega.
Tog’ tuproqlarini klassifikasiyalash borasida ikki xil nuqtai nazar
mavjud bo’lib, uning birinchisiga ko’ra tog’ tuproqlari tekisliklardagi
o’ziga o’xshash tuproqlardan farq qiladigan mustaqil tip sifatida
qaraladi. Ikkinchi nuqtai nazarga asosan MDH ning tekisliklarida
uchramaydigan va tog’lardagi o’ziga xos orginal tog’ tuproqlarinigina
mustaqil tipga ajratiladi. Bularga tog’-o’tloqi, qora tuproqlarga o’xshash
tog’-o’tloqi va tog’-o’tloqi-dasht tuproqlari kiradi.
Reylef sharoitlariga qarab qishloq xo’jaligida foydalanish
imkoniyatlariga ko’ra tog’ tuproqlari 3 guruhga bo’linadi:
1. Qiyaligi 10
0
dan ortiq bo’lgan sharoitda shakllanadigan tog’-
qiyalik tuproqlari, bunda tuproq nomiga “Tog’” so’zi qo’shiladi
(masalan, tog’-podzol tuproqlar va boshqalar). Ulardan dehqonchilikda
foydalanish chegaralangan.
2. Tog’li tekislik tuproqlari tog’larning nisbatan tekislangan va
qiyaligi 10
0
dan kam bo’lgan uchastkalarida tarqalgan va ko’pincha
dehqonchilikda
foydalaniladi
(masalan,
tog’li
tekisliklarning
ishqorsizlangan qora tuproqlari).
3. Tog’ oralig’i botiqlari va tog’ vodiylarining tuproqlari, qiyaligi 4-
5º dan oshmaydigan tekislik va yonbag’irlarda (daryo terrasalari,
delyuvial shleyflar va boshqa joylarda) rivojlangan va bularga
tog’oraligi tekisliklarining ishqorsizlangan qora tuproqlari kiradi. Bu
tuproqlar dehqonchilikda keng foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: