15
Hamma metallar ham bir-birida yaxshi eriyvermaydi. Ba’zi
elementlar yaxshi, o‘rta, yomon va ba’zilari, umuman, erimas-
ligi mumkin. Rentgen nurlari yordamida tekshirilganda shu narsa
aniqlandiki, eruvchi element atomlari
bilan erituvchi element
atomlari o‘rin almashuvi natijasida qattiq eritma hosil bo‘ladi.
Atomlarning bunday o‘rin almashuvi uchun A va B ele-
mentlarning kristall panjaralari bir xil bo‘lishi va atomlar
radiuslari bir-biriga yaqin bo‘lishi kerak.
Odatda, qotishmani hosil qiluvchi
asosiy komponentlar-
dan tashqari, qotishma tarkibida oz miqdorda boshqa element-
lar ham mavjud bo‘ladi
va ular qo‘shimchalar deb yuritiladi.
Bu qo‘shimchalar qotishmaga rudani eritib olayotganda yoki
qotishma eritilayotganda tushadi. Ular qotishmaning xossala-
riga aytarli ta’sir etmaydi.
1.5. Qotishmalarning holat diagrammasi
Metallarning kristallanish grafigi. Har qanday metall va
qotishmalarning ichki tuzilishi,
xossalari, uni qizdirganda va
sovitganda ro‘y beradigan hodisalar aralashmaning bir-biri
bilan qanday miqdorda aralashishiga bog‘liq. Odatda,
metall
(qotishma) sovitilgan vaqtda kristallanadi, ya’ni suyuq holatdan
qattiq holatga o‘tadi.
Bunday kristallanish birlamchi kristallanish
deb ataladi (6-rasm).
6-rasm. Kristallanish
darajasi.
16
Qotgan metallning sovishi nati-
jasida
qaytadan kristallanishi ikki-
Dostları ilə paylaş: