Ichimlik suvini tayyorlash.
Ichimlik suviga alohida talablar qo`yiladi: u toza, tiniq, rangsiz, hidsiz, kimyoviy
va bakteriyalar bilan ifloslanmagan bo`lishi kerak, ya’ni ichimlik suvi GOST
talablariga javob berishi kerak. GOSTga binoan ichimlik suvining 1 ml da
bakteriyalarning umumiy soni 100 ta dan, ichak tayoqchasining miqdori 1 l suvda
uchtadan ortiq bo`lmasligi kerak. Daryo va ko`l suvlari, odatda bu talablarga javob
bermaydi, shuning uchun ham ichimlik suvini vodoprovod tarmog`iga berishdan
ilgari suv tozalash stantsiyalarida tozalanadi.
Ichimlik suvini tayyorlash to`rt bosqichli: tindirish, koagulyatsiyalash, filtrlash va
zararsizlantirish kabi jarayonlardan iboratdir. Ichimlik suvining tayyorlashning
asosiy sxemasi 12-rasmda berilgan. Tozalash uchun suv havzadan ko`pincha oraliq
quduq dag`al tindirgich orqali olinadi. Unga suv o`z oqimi bilna keladi. Dag`al
tindirgichga suv sekin oqib kiradi va unda tiniq dag`al dispers zarrachalardan
tozalanadi. Suv olish qurilmasi himoya to`ri bilan jihozlangan bo`lib, yirik
narsalarning, shu jumladan baliqlarning qurilmagan tushishini oldini oladi.
Suvdagi yengil muallaq zarrachalar juda sekin cho`kadi. Kolloid zarrachalar tuproq,
silikat kislotalari, gumin kislotalari va boshqalar esa filtrlash va cho`ktirish usullari
bilan ajralmaydi. Shuning uchun suv havzadan yoki tindirgichdan birinchi
ko`targich nasos yordamida aralashtirgichga koagulyatsiya ko`tarib beradi.
Koagulyatorga eletrolitlar – Al
2
(SO
4
)
3
, FeSO
4
yoki boshqa birikmalarning eritmalari
koagulyantlar ham quyiladi. Aralishtirgichda (koagulyator) koagulyatsiya jarayoni
boradi. Koagulyatsiya bu – geterogen sistemalarni ajratishning eng samarali usulidir.
Bu jarayonning fizik-kimyoviy mohiyatini soddaroq qilib quyidagicha bayon etishi
mumkin. Elektrolit juda suyultirilgan eritmalardan musbat zaryadlangan zarrachalar
hosil qilib gidrolizlanadi. Qaysikim bu zarrachalar manfiy zaryadli kalloid
zarrachalarnnig yuzasiga adsorblanib uni neytrallaydi. Natijada zaryadsizlangan
kalloid zarrachalar bir birisiga yopishib, yiriklashadi va cho`kadi. Koagulyant ioni
zaryadi (Al
3+
.Fe
3+
) qanchalik katta bo`lsa koagulyatsiyalash uchun shunchalik ham
Elektrolit sarflaydi. Bir vaqtning o`zida Al
2
(SO
4
)
3
muvaqqat qatiqligini ham ancha
kamaytiradi.
Aralashtirgichda quyidagi reaksiyalar boradi.
Al
2
(SO
4
)
3
+6H
2
O=2Al(OH)
3
+3H
2
SO
4
Al
2
(SO
4
)
3
+3Ca(HCO
3
)=2Al(OH)
3
+3CaSO
4
+6CO
2
koagulyatsiya jarayonida hosil bo`lgan keng yuzali iviqsimon cho`kma sekinlik
bilan cho`ka boshlaydi va yengil muallaq zarrachalarni o`ziga yopishtirib oladi
hamda organik bo`yoq moddalarini ham adsarbsiyalab cho`kadi, natijada suv tni
tiniq bo`lib qoladi.
Koagulyant sarfi suvning ifloslanganlik darajasi bilan belgilanadi: bahor paytlarida
Al
2
(SO
4
)
3
dan 120 g/m
3
, yoz davrida 70 g/m
3
,
qishda esa 20 g/m
3
,
sarflanadi.
Koagulyatsiya jarayonini tezlashtirish uchun ko`pincha iviqsimon cho`kinmalarning
hosil bo`lishi va uni cho`kishini tezlatuvchi qo`shimcha reagentlar-flokulyantlar
ishlatiladi. Flokulyant sifatida: aktivlangan silikat kislotasi, karboksimotil-
tsellyuloza, olein kislotasining natriyli tuzi, sinetik polimer materiallar
poliakrilamid, polietilenimin va boshqalardan foydalaniladi. Ayniqsa, loyqa
suvlarda flokulyantni qo`llash katta samara beradi. Agar suvdagi loyqa miqdoriga
nisbatan I poliakrilamid qo`shilganda koagulyat qo`shish miqdori 2-3 marta
kamayadi, iviqsimon cho`kmaning cho`kish tezligi 10-20 martagacha tezlashadi.
Suv aralashtirgichdan tindirgichga 6 o`tadi, u yerda koanultsiya flokuyatsiya tugaydi
va suvdagi aralashgan zarrachalar cho`kadi. Tindirgichlar katta
SIG
`
IMLI
betondan
qilingan havuz bo`lib, suvni tindirgichda uzoqroq muddat bo`lishini ta’minlash
uchun unda to`siqlar o`rnatilgan.ammo, suvning to`liq tiniqlashuviga ochiq tipdagi
qum filtr 7 orqali filtrlangan erishiladi. Suv qalinligi 2 m.gacha bo`ladi/bosim 0,1
m/s. Tezlikda filtrlanadi. Fil’trlovchi material sifatida bir qavat graviy va uning
ustida bir qavat zarrachalarining kattaligi o,5- 1 mm.bo`lgan I m, kalinliqdagi
qumdan/kvard kumi foydalaniladi. Suvning loyqalari qum yuzasida o`tirib qolib
filtrlovchi yupqa parda hosil qiladi. Vaqt o`tishi bilan bu parda kalinlashadi natijada
suvning tozalanish darajasi ortadi, ammo filtrlanish tezligi kamayadi. So`ngra u filtr
tozalash uchun to`xtatiladi va filtrlash boshqasida davom ettiriladi. Odatda,
filtrlardan bir nechta bo`ladi.
Koagulyatsiya, cho`ktirish, fil’trlashlar nafaqat suvni begona aralashmalardan
tozalaydi, tinik qiladi balki 70-80 % gacha mikroblardan ham tozalaydi. Ko`pchilik
hollarda tozalangan suvda mikroblar miqdori normadan ko`p bo`ladi, shuning uchun
filtrdan chiqqan suv zararsizlantirish uchun 8 – apparatga yuboriladi.
Dostları ilə paylaş: |