OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI O’ZBEKISTON-FINLANDIYA PEDAGOGIKA INSTITUTI.
“KELISHILGAN” Oʻquv ishlari bo`yicha prorektоr
_________ prof. K.D.Kuliyev
Roʻyxatga olindi: № BD_____________
“__”________2023-yil
“TASDIQLAYMAN” O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Sh.Sh.Negmatova
________________
“__”_______2023-yil
“TASDIQLAYMAN” O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori prof.Sh.Sh.Negmatova
________________
“__”_______2023-yil
“TASDIQLAYMAN” O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Sh.Sh.Negmatova
________________
“__”_______2023-yil
SAMARQAND ALLOMALARI TARIXI
FAN DASTURI
Bilim sohasi:
Ta’lim – 100000
Taʼlim sohasi:
Ta’lim - 110000
Taʼlim yoʻnalishi:
Tarix – 60111100
Fan/modul kodi SATT2005
Oʻquv yili 2023-2024
Semestr 5
ECTS – Kreditlar 5
Fan/modul turi Majburiy
Taʼlim tili Oʻzbek
Haftadagi dars soatlari 4
1.
Fan nomi
Auditoriya mashgʻulotlari (soat)
Mustaqil taʼlim. (soat)
Umumiy 120 (soat)
Samarqand allomalari tarixi
60(24/36)
90
150
I Fanning maqsadi (FM)
FM1
Fanni o‘qitishdan maqsad talabalarda Samarqand zaminidan yetishib chiqqan allomalarning ilmiy faoliyati haqida obyektiv taassurot uyg’otish. Ushbu qomusiy allomalarning tabiiy va ijtimoiy fanlarga qo‘shgan hissasini atroflicha tahlil qilish. Ularning dunyo ilmidagi o‘rnini anglash.
FM2
Talaba yoshlarda Samarqand allomalarining qoldirgan ma’naviy merosga qiziqish uyg’otish va bugungi ta’lim-tarbiya ishlarida ulardan unumli foydalanish ko‘zda tutiladi. Samarqand allomalari tarixi kursi talabalarda umumiy tarixning ma’naviy g’oyaviy masalalariga qiziqish uyg’otadi.
Fan mazmuni
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari) II.1. Fan tarkibiga quydagilar kiradi
Mashg’ulot shakli: ma’ruza (M)
5 semestr
Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Fanning asosiy maqsadi Samarqandda qadimgi davrdan hozirgacha yetishib chiqqan ensiklopedik allomalar va olimlarning hayoti va ilmiy faoliyatini o’rganish hisoblanadi. Samarqandlik alommalar va ilm-fan fidoyilarining insoniyat yaratgan sivilizasiyaga qo’shgan xissalari o`rganiladi va tahlil etiladi. Ularning renesanslar davridagi ilm fanda qilingan yangiliklari va yutuqlari sabablarini o’rganiladi. Samarqanddagi ilmiy markazlar va Ulug`bek akademiyasi faoliyati haqida ma’lumot beriladi. Samarqandlik allomalarning islom madaniyatiga qo’shgan hissalari va uning ahamiyati haqida ma’lumot beriladi. Milliy ma’naviy hayotimizda allomalarimiz merosining tutgan o’rni yoritiladi. Barkamol avlodni tarbiyalashda allomalarimiz merosining umuminsoniy xarakteri xaqida to’xtaladi. Samarqand ilf-fani va ma`naviy muhitining insoniyat yaratgan sivilizasiyaga qo’shgan hissasi va o`ziga xos xususiyatlari haqida ma`lumot beriladi.
IX-XII asrlarda Samarqandlik hadishunos allomalar faoliyati va diniy ilmlarning rivojlanishi. Movarounahrga islom dinining kirib kelishi va uning mintaqa ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotiga ta`siri. Samarqandning ilm-fan markaziga aylanishi.Ta`lim-tizimidagi o`zgarishlar va islohotlar. Samarqand madrasalari faoliyati. Samarqandda hadisshunoslik ilmining taraqqiyoti. Samarqandlik mashhur kalom imomlari va fiqh allomalari faoliyati. Samarqandda tasavvuf ta’limotining shakllanishi va rivojlanishi.
Abu Mansur Motrudiy, Abu Muhammad SamarqandiyDorimiy, Abu Amr Samarqandiy, Muhammad ibnFazl, AbulaysSamarqandiy, Abu Ja’far Ustrushaniy, Abu Nasr Haddodiy Samarqandiy, Muhammad Samarqandiy, Abu SolihSamarqandiy, Ash’as Samarqandiylarningfaoliyativailmiymerosi.