An’anaviy va noan’anaviy yondashuvlarning umumiy tomonlari
O‘quv jarayonini tashkil qilishdan maqsad – ta‘lim va tarbiya berish, ko‘nikma, malaka hosil qilish;
Nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish (sinf, auditoriya, guruhlar tashkil qilish orqali);
Oquvchi-talabalarning olgan nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini nazorat qilish, baholash;
O‘quv-didaktik materiallar va o‘qitish vositalaridan foydalanish.
An’anaviy va noan’anaviy yondashuvlarning farqlari
Х - an’anaviy
Y - noan’anaviy
1. Ta‘lim paradigmasi22«O‘qituvchi – darslik – o‘quvchi» bo‘lsa,
«O‘quvchi – darslik – o‘qituvchi
2. O‘quvchi o‘qitishga bo‘ysindirilgan ob’ekt sifatida qaralsa,
ta‘lim jarayonining teng huquqli, mustaqil hamda faol ravishda ilm olishga intiluvchi sub’ekti sifatida ko‘riladi.
3. «Bilim olish – yagona maqsad», xato esa jazolanishi kerak
ikkinchisida, «bilim olish – shaxsiy muuammolar-ni yechish vositasi», xatoni har kim ham qilishi mumkin, inson xatolari orqali o‘rganadi, uni tak-rorlamaslikka harakat qiladi, degan pozitsiyadan qaraladi.
5. Yangi materiallarning deyarli hammasi o‘qituvchi tomonidan og‘zaki bayon qilinadi;
- Bilimlar talabalarga tayyor holda taqdim etiladi;
- O‘qituvchi turli yo‘llar bilan bu bilimlarning qabul qilinishini tashkil qiladi;
6. O‘quvchilar bilimni qabul qiladilar (retsepsiya) va ularni ma‘nosiga yetadilar, o‘z xotiralarida saqlab qoladilar;
7. Mustaqil ishning nisbiy miqdori juda kam.
1. Yangi materiallarning ma‘ium bir qismini ta‘lim oluvchilarning o‘zlari mustaqil ishlash, izlanishga yo‘naltiradi.
O‘qituvchi turli interaktiv metodlarni (keyingi mavzuda batafsil to‘xtaymiz) qo‘llab ko‘zlangan natijaga erishishni tashkil qiladi;
6. O‘qituvchi o‘quvchilarni haqiqatni izlab topish, fikr yuritish, tahlil qilishga yo‘naltiradi.
7. O‘z ustida muntazam mustaqil ishlashi ko‘zda tutiladi.
Topshiriq: Ularni sincniklab o‘qing. Tahlil qiling, xulosa chiqaring. An’anaviy va noan’anaviy yondashuvlarning o‘ziga xos afzalliklari va kamchiliklarini “T – sxema (jadval) orqali ifodalang.