Jismoniy madaniyat nazariyasi va


«Sog’lom avlod uchun» davlat dasturini amalga oshirishdagi faoliyatlar



Yüklə 203,59 Kb.
səhifə11/43
tarix08.02.2023
ölçüsü203,59 Kb.
#123160
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43
Jismoniy madaniyat nazariyasi va

«Sog’lom avlod uchun» davlat dasturini amalga oshirishdagi faoliyatlar
O’zbekiston Prezidenti I. A. Karimov o’zining «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» risolasida (1992 y.) «Yashash muhiti, tabiat va ma’naviyat ekologiyasi bir-biridan ajralmasdir. Bizning ota-bobolarimiz kishilar bilan uchrashganda yoki xayrlashganda, avvalo, chin yurakdan mustahkam salomatlik tilashgan. Sihat-salomat bo’lishning an’anaviy qadrini qayta tiklash va oila qadri bilan sharafli bir o’ringa qo’yish kerak» (69-bet), degan. Buning amaliy ijrosi Prezident tomonidan «Sog’­lom avlod uchun» farmonining imzolanishi (1993 y. 4 mart) hamda shu asosida «Sog’lom avlod uchun» davlat dasturining ishlab chiqilishi, uni hayotda qo’llashga qaratilgan bir qator qarorlarning qabul qilinishida ifodalangan.
O’zbekiston Prezidenti va xukumati tomonidan «Oila yili» (1998 y), «Ayollar yili» (1999 y.) «Sog’lom avlod yili» (2000 y.) «Ona va bola yili» (2001 y.) e’lon qilin­di. Bu borada amaliy ishlar sifatida juda ko’p madaniyat, sport tadbirlari hamda «Hech kimga bermaymiz seni, O’zbekiston» mavzusida o’tkazib borilayotgan vatanparvarlik, san’at-sport festivallarini misol qilib keltirish mumkin.
«Sog’lom avlod uchun» davlat dasturini amalga oshirish Sog’liqni saqlash vazirligi, turli davlat idoralari va jamoat tashkilotlari zimmasiga yuklatilgan. SHu sabab­dan davolash muassasalari onalik va bolalik nufuzlariga katta urg’u bermoqyaa. SHuningdek, o’quvchi-yoshlarning jismoniy va ma’naviy kamolotini o’stirish, aholining salomatligini yaxshilash borasida mutasaldi vazirliklar, «Sog’lom avlod uchun», «Mahalla», «Navro’z», «Ekosan» kabi xayriya jamg’armalari zimmasiga ham katta vazifalar yuk­latilgan.
Sog’lom avlod tarbiyaskda jismoniy tarbiya darslari, sport mashgulotlari, ommaviy-sog’lompashtiruvchi jismo­niy tarbiya, sayohat va Xalq milliy o’yinlaridan foydalanishni yaxshi yo’lga qo’yishda xalq ta’limi va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklari bilan hamkorliqda O’zbe­kiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi faol ishtirok etmoqaa. Bunda «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari, o’tkazilayotgan spartakiadalar, universiadalar va turli sport, san’at festivallari kabi muhim tadbirlar omil bo’lib hisoblanmoqda.


4.Ichki ishlar, Mudofaa, Qishloq va suv xo’jaligi, Madaniyat va boshqa vazirliklarning jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilishdagi asosiy vazifalari.
Ichki ishlar vazirligi tizimida jismoniy tarbiya va sportni tashkil qilish
O’zbekistonning mustaqilligi sharoitida davlat va aho­lining osoyishtaligini ta’minlash, uni astoydil himoya qilishga e’tibor tobora kuchayib bormokda. Bunda Ichki ishlar vazirligi xodimlari eng muhim faoliyat kursatuvchi tashkilot hisoblanadi. Bu sohada kadrlarni tayyorlash, ularning nazariy bilim, amaliy ko’nikmalarini oshi­rishda jismoniy tarbiya va sport muhim rol o’ynaydi.
Ichki ishlar vazirligi xodimlarini tayyorlovchi o’rta maxsus o’quv yurtlari va Akademiyasi mavjud bo’lib, o’quv rejalarida jismoniy tayyorgarlik va sport mahoratlarini oshirish maqsadida maxsus darslar tashkil etiladi. SHu bilan birgalikda, sport turlari bo’yicha jamoalar tuziladi va sport musobaqalari tashkil etiladi.
Sport tayyorgarligi va ommaviy sport turlari bo’yicha o’tkaziladigan barcha tadbirlar «Dinamo» sport jamiyati tomonidan olib boriladi. Viloyatlar va yirik shaharlarda «Dinamo» sport-klublari faoliyat ko’rsatib, ularga ichki ishlar xodimlari va iqgidorli sportchilar jalb etiladi.



Yüklə 203,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin