Internet tarixi


INTERNET VA Internetni rivojlantirish



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/15
tarix13.05.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#115852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
RAXMONOVSHAXOBIDDIN

 

                INTERNET VA Internetni rivojlantirish 


  Internet  —  katta  (global)  va  kichik  (lokal)  kompyuter  tarmoqlarini  oʻzaro 

bogʻlovchi butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik oʻrni, zamon va makondan 

qatʼiy  nazar,  ayrim  kompyuter  va  mayda  tarmoqlar  oʻzaro  hamkorlikda  global 

informatsiya 

infratuzilmasini 

tashkil 


etadi. 

Qaydnomalar 

tizimi 

bilan 


boshqariladigan barcha hosila tarmoqlar hamkorlikda isteʼmolchilarga ma'lumotni 

saqlash,  eʼlon  qilish,  joʻnatish,  qabul  qilish,  izlash  va  maʼlum  boʻlgan  barcha 

variantlar  (matn,  tovush,  videotasvir,  fotosurat,  grafika,  musiqa  tarzida  va  b. 

koʻrinishlar) da axborot almashinishga imkon yaratadi. 

    Internet  tizimi  20-asr.  60-yillarida  paydo  boʻldi.  Oʻsha  paytlarda  Amerika 

mudofaa  departamenti  tashabbusi  bilan  kompyuterlar  telefon  tarmoqlariga  ulana 

boshladi. Dastlab, bunday faoliyat takomillashtirilgan loyihalar agentligi (AKRA) 

tadqiqotlari  doirasida  olib  borildi.  Bu  tadqiqotlar  sovuq  urush  avj  olgan  davrga 

toʻgʻri  keldi.  AQSH  mudofaa  departamenti  urush  boʻlib  qolgan  taqdirda  oddiy 

kommunikatsiya  vositalari  ishdan  chiqqudek  boʻlsa,  oʻrniga  yangi  qoʻshimcha 

kommunikatsiya  vositalarini  izlash  bilan  faol  shugʻullandi.  60-yillar  oxiri  va  70-

yillarda  Internet  tarmogʻi  uncha  keng  rivojlanmadi.  Dastlabki  oʻn  yillik  xalqaro 

tarmoq, asosan, harbiylar  va  yirik olimlarning  shaxsiy  elektron  liniyalari  faoliyati 

doirasi  bilan  cheklandi.  Internetning  beqiyos  rivojlanish  surʼati  davlat,  taʼlim, 

akademik va ijtimoiy tuzilmalarning oʻziga xos umumiy moliyaviy va intellektual 

ulushiga bogʻliq boʻldi. 



Mobil internet 

Zamonamiz kishisi o‘z hayotini mobil internetsiz tasavvur qila olmasa kerak. Bu 

istagan vaqtda kerakli ma'lumot olishning eng oson va tezkor usulidir. 

 



 

Ilk  mobil  internet  1998  yilda  CSD-ulanish  vositasida  paydo  bo‘lgan,  lekin  faqat 

2000-yillardan  keyingina  tanila  boshlagan.  Bu  CSD-ulanishning  foydalanuvchiga 

juda qimmatga tushishi bilan bog‘liq bo‘lgan. 

Keyinchalik  mobil  internetning  yangi  turi  –  WAP  paydo  bo‘ldi.  Unga  ko‘ra, 

foydalanuvchi faqat sarflagan trafigi uchungina pul to‘laydigan bo‘ldi. O‘shandan 

buyon  mobil  internet  odamlar  orasida  keng  tarqalib,  ommalasha  boshladi.Undan 

keyin GPRS va EDGE-ulanish turlari paydo bo‘ldi. Bular mobil chatlarda muloqot 

qilish imkoni tufayli foydalanuvchilarning e'tirofiga sazovor bo‘ldi.Bugunga kelib, 

3G  va  4G  ulanish  turlari  eng  mashhur  hisoblanadi.  4G  ulanish  tezligi  bo‘yicha 

yutadi,  3G  esa  hududiy  tarqalish  ko‘rsatkichlariga  ko‘ra  yetakchilik  qiladi. 

Kelgusida takomillashtirilgan 5G internetning tatbiq qilinishi rejalashtirilmoqda. 

 




Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin