Insonning fiziologik va psixologik tavsiflarining xavfsizlikni ta’minlashdagi ahamiyati Reja



Yüklə 10,8 Kb.
səhifə2/3
tarix24.09.2023
ölçüsü10,8 Kb.
#129322
1   2   3
Insonning fiziologik va psixologik tavsiflarining xavfsizlikni t-fayllar.org

Shuning uchun uning xususiyatlari haqida bahs yuritishga ham hali erta. Bu nuqtai nazar bo`yicha, axborot sohasida biz guvoh bo’lib turgan jarayonlar aslida post-industrial jamiyatning anchayin takomilidan o’zga narsa emas. Menimcha, axborot jamiyati haqida bahs ochishning mavridi allaqachon kelgan. Chunki, boya aytganimizdek, insonlar bu jamiyatni qanday tasavvur etishi ijtimoiy munosabatlar shakllanishiga va alal-oqibat sivilizatsiya taqdiriga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Qolaversa, bu faqat mutaxassislargina muhokama etadigan masala bo’lmay, butun insoniyat bosh qotirishi zarur sanalgan muammodir. Axborot jamiyatiga hozirgi voqelik deb qarab, fikr yuritish uchun esa hali ancha-muncha kuch-g’ayrat sarflashga to’g’ri keladi.Fan-texnika taraqqiyoti ta’sirida ishlab chiqarish jadal o’smoqda, ekologik vaziyat o’zgarib bormoqda, iqtisodiy integratsiya quloch yoymoqda. Texnika yutuqlari sayyoraviy hamjamiyatning jug’rofiy-siyosiy va ijtimoiy tabiati yangilanish sari yuz tutishiga sabab bo’lmoqda. Shunday vaziyatda ertangi taraqqiyotning muqobil yo’llarini bashorat qila bilish hamda bizni o’z bag’riga tortayotgan jarayonga ta’sir ko’rsata olish salohiyatimiz muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan, inson hayotining barcha sohalarini axborotlashtirish barobarida bu hodisaning ijtimoiy taraqqiyot bilan aloqasini muhokamaga tortish bugunning eng dolzarb muammolaridan biridir.

2. Shaxsning ma’naviy – axloqiy takomili va о‘zini о‘zi himoya qilish.


  • Bundan buyon oldingi marrani yangi ilmiy va texnikaviy g’oyalarni qo’llab-quvvatlash va hayotga tatbiq etishga layoqatli, batamom yangi va mukammal sanoat mahsuloti yarata oladigan hamda bu mahsulotni bozor, avvalo, ichki bozor bilan ta’minlay biladigan davlatlar egallay boshlaydi. Buning uchun esa ushbu davlatlar yuqori malakali hamda intizomli minglab olim, muhandis va, ayniqsa, "ishchi sinfi"ga ega bo’lishi lozim. Men "ishchi sinfi" atamasini iloji boricha kam ishlatishga harakat qilyapman. Chunki bevosita mahsulot yaratuvchi bu "ishchi"larning aksariyati, bugungi kun mezoni boyicha, oliy texnik ma’lumotga, qolaversa, yirik ichki bozorni yaratish uchun mo’may mablag’ga ega bo’ladi. Zero, mahsulot ishlab chiqaruvchi qatlamning o’ziga to’qligi postindustrial jamiyatning sarmoya aylanishini keskin tezlashtiruvchi "zarurat"lardan biridir.Ta’lim bilan bab-baravar texnologik intizom ham anglana boradi, zotan, "chap-dast" ishlab chiqarish alal-oqibat shu texnologik intizomga qat’iy rioya etishga tayanadi. Texnologik intizom esa texnik niyatni royobga chiqaruvchi usta haqidagi tasavvur bilan chambarchas bog’liqdir. Ustalarni (ommaviy mahoratni) tarbiyalash postindustrial jamiyatda muhim milliy vazifaga aylanadi.

Men axborot jamiyati haqidagi o’z qarashlarimni ifodalab berish uchun dastavval fan-texnika taraqqiyotining so’ngi holatini, uning dunyodagi iqtisodiy-siyosiy va jug’rofiy-siyosiy vaziyatga ta’sirini hamda jamoaviy umumsayyoraviy aql istilohining ma’no-mohiyatini qanday tushunishim xususida so’zlab berishim kerak bo’ladi. Bugun jamiyatni axborotlashtirish va kompyuter texnikasidan foydalanishda yutuqlar garovi bo’lgan dasturiy vositalar majmui — sun’iy intellekt haqida ko’p gapirilmoqda. Ishlab chiqarish sohasida axborotlashtirish bilan bog‘liq butun boshli tarmoq vujudga keldi. U ilmiy izlanishlarning yangi yo’nalishlari va, hatto, yangi madaniyat paydo bo’lishiga zamin hozirladiki, oqibatda ishlab chiqarish sohasi bilan bir qatorda ma’naviy hayot ham tubdan o’zgarmoqda. Bu jarayon borgan sari jadallashib boryapti, ayni choqda u barcha tadrijiy jarayonlar kabi stixiyali ro’y bermoqda.Hozirda ishlab chiqarish sohasini axborot texnologiyalarisiz tasavvur etib bo’lmay qoldi. Bu holni XVIII asrda kishilik jamiyatiga suron solib kirib kelgan va tarix yo’nalishini tubdan o’zgartirib yuborgan bug’ mashinasiga qiyoslash mumkin.


Hozirda ishlab chiqarish sohasini axborot texnologiyalarisiz tasavvur etib bo’lmay qoldi. Bu holni XVIII asrda kishilik jamiyatiga suron solib kirib kelgan va tarix yo’nalishini tubdan o’zgartirib yuborgan bug’ mashinasiga qiyoslash mumkin. Mazkur ixtiro tufayli yuz yilning nari-berisida butun hayotiy andozalar o’zgarib ketgan edi. Hozir ham shunga o’xshash jarayon sodir bo’lmoqda va uning XVIII asrdan yagona farqi — hayotimizda yuz berayotgan o’zgarishlar yanada tezkorligidir. Keling, o’zimiz shohidi bo’layotgan jarayonlarning ayrim jihatlariga nazar tashlaylik. Bundan liberal iqtisodiyot barobarida ijtimoiy yo’naltirilgan liberal iqtisodiyot haqidagi tasavvur yuzaga qalqib chiqadi. Qolaversa, bunday taraqqiyot yo’li siyosiy yoki ijtimoiy doktrina emas, balki ilgarilab borayotgan texnikaviy sivilizatsiya taqozosidir, ya’ni tadbirkor "ishchi sinfi"ni o’qitish, davolatish va keksaligida nafaqa bilan ta’minlashdan manfaatdor, tamom-vassalom. Shu o’rinda bundan yuz yil avval kapitalizm rivojlanib borishi bilan uning bag‘rida yangi ijtimoiy munosabatlar kurtak yozadi, degan fikrni aytgan E.Bernshteynni eslab o’tish joiz. Marksistlar ayni shu qarashi sababli uni "opportunistlar va renegatlar" ro`yxatiga tirkagan edi. .

Yüklə 10,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin