Odamlarni evakuatsiya yo’llarida himoya qilish xajmiy-rejaviy, iqtisodiy, konstruktiv, muxandislik-texnik va tashkiliy tadbirlar majmuasi bilan ta’minlanadi
Odamlarni evakuatsiya yo’llarida himoya qilish xajmiy-rejaviy, iqtisodiy, konstruktiv, muxandislik-texnik va tashkiliy tadbirlar majmuasi bilan ta’minlanadi. Xona miqyosida evakuatsiya yo’llari, shu xonadan evakuatsiya chiqish yo’llari orqali, ularda yong’in o’chirish va tutunga qarshi himoya vositalari hisobga olmagan holda odamlarni bexatar evakuatsiya qilinishini ta’minlashi lozim. Xonalar tashqarisida evakuatsiya yo’llarini himoyasi odamlarni bexatar evakuatsiya qilish sharoitidan kelib chiqib, evakuatsiya yo’liga chiqadigan xonalarning funksional yong’in xavfi evakuatsiya kilinuvchilar soni, binoning yong’in bardoshlik darajasi va konstruktiv yong’in xavflik sinfi, qavatdan va butun binodan evakuatsiya chiqish sonini hisobga olgan holda nazarda tutish kerak. Xonalar va xonalardan tashqaridagi evakuatsiya yo’llaridagi konstruksiyalarning yuza qatlamlari uchun qo’llaniladigan (pardozlov va koplamalar) qurilish ashyolarining yong’in xavfi, xona va binoning funksional yong’inga xavfi va evakuatsiya yo’llarini himoyalash buyicha boshqa tadbirlarni hisobga olgan holda cheklanishi lozim. ШНК 2.01.02-04ning quyidagi 5.9.bandga mos kelmagan odamlarni qutqarishga mo’ljallangan tadbirlar va vositalar, hamda chiqishlar, barcha xonalar va binolardan evakuatsiya jarayonini tashkil etishda va loyihalashda e’tiborga olinmaydi. ШНК; 2.01.02-04 talablariga asosan A va Б toifadagi Ф5 sinfga mansub xonalarni bir vaqtni 50 dan ortiq odam to’planishi uchun mo’ljallangan xona ostida, hamda yerto’la va sokolqavatlarda joylashtirishga yo’l ko’yilmaydi. ШНК 2.01.02-04ga muvofiq Ф1.1, Ф1.2, va Ф1.3. sinfga mansub xonalarni yerto’la va sokol qavatlarida joylashtirishga yo’l ko’yilmaydi. Yong’in vaqtida odamlar xavfsizligi taminlash bo’yicha tadbirlarning samaradorligi xisoblash yo’li bilan baxolanishi mumkin . Evakuatsiya yo’llari va chiqish joylariga qo’yiladigan talablar. Evakuatsiya yo’llari. Evakuatsiya yo’llari КМК-2.01.05-98 talablariga muvofiq yoritilishi kerak. Xonaning eng uzoq nuqtasidan, F5 sinfga mansub binolar uchun eng uzoqda joylashgan ish o’rnidan, eng yaqin evakuatsiya chiqish joyigacha yo’l qo’yiladigan evakuatsiya yo’li o’qi bo’yicha o’lchanadigan chegaraviy masofa bino va xonaning portlash yong’in xavfliligi toifasi vazifaviy yong’inga xavfliligi, evakuatsiya qilinadiganlar soni, binoning qurilmaviy yong’inga xavfliligi sinfga mansubligi va yong’inbardoshlik darajasiga bog’liq.