OʻZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI CHIRCHIQ DAVLAT PЕDAGOGIKA UNIVERSITETI
“TASDIQLAYMAN”
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor: __________I.Q. Xaydarov “___”___________ 2022-yil
HAYOTNING KIMYOVIY ASOSLARI FANINING ISHCHI O‘QUV DASTURI (4-kurs, kechki)
Bilim sohasi:
100000 − Gumanitar
Ta`lim sohasi:
110000 – Pedagogika
Talim yo`nalishi:
5110300 – Kimyo o‘qitish metodikasi
Mashg‘ulot turi
Ajratilgan soat
Semestr
VIII
Nazariy (ma’ruza)
16
16
Semenar
14
14
Jami auditoriya soatlari
30
30
Mustaqil ta’lim
40
40
Umumiy o‘quv soati
70
70
CHIRCHIQ 2022
Fanning ishchi o’quv dasturi O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi 2018 yil “14” iyundagi 531-sonli buyrug’i bilan (buyruqning 10-ilovasi) tasdiqlangan “Hayotning kimyoviy asoslari
” fani dasturi asosida tayyorlangan.
Fanning ishchi fan dasturi Chirchiq davlat pedagogika universiteti kengashining 2022 yil “___” ________ ____-sonli majlis bayoni bilan tasdiqlangan.
Tuzuvchilar:
A.Dj.Kurbanova
Chirchiq davlat pedagogika universiteti kimyo kafedrasi mudiri, dotsent, kimyo fanlari nomzodi
Q.O‘.Komilov
Chirchiq davlat pedagogika universiteti kimyo kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi
Taqrizchi:
A.Iskandarov
Toshkent davlat pedagogika universiteti kimyo va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri, dotsent, kimyo fanlari nomzodi
B.Elmuradov
Toshkent davlat transport universiteti tabiiy fanlar kafedrasi dotsenti, kimyo fanlari nomzodi
Fanning ishchi o‘quv dasturi Chirchiq davlat pedagogika universiteti fizika va kimyo fakulteti kengashining 2022 yil «____» ___________ dagi ____ - sonli majlisida muhokamadan o‘tkazilgan.
Fakultet dekani f.m.f.n., dots. I.U.Tadjibayev Fanning ishchi o‘quv dasturi Chirchiq davlat pedagogika universiteti fizika va kimyo fakulteti kimyo kafedrasining 2022 yil «____» ___________ dagi ____- sonli majlisida ko‘rib chiqilgan va tasdiqlashga tavsiya qilingan.
Kafedra mudiri k.f.n. A.Dj.Kurbanova
I. Fan bo`yicha talabalarning bilim, ko`nikma va malakasiga qo`yiladigan talablar
O‘quv fanining maqsadi – fanni o’qitishdan maqsad – hayotning kimyoviy asoslari – talabalarni tirik organizmlarning kimyoviy tarkibi, struktura va funksiyalari, yuqori molekulyar birikmalar almashinuvi va bu almashinuv oraliq mahsulotlarining umumiy metabolizmdagi ishtiroki va ahamiyati bilan tanishtirish. Molekulyar biologiya- talabalarni hujayra komponentlari, ularning strukturasi va funksiyasi; oqsillar va nuklein kislotalar strukturasi va funksiyasi; genlarning tuzilishi; xromatinning strukturasi; ribosomaning strukturasi va funksiyasi; oqsil biosintezi bilan tanishtirishdan iboratdir.
Fanning vazifasi – hayotning kimyoviy asoslari - talabalarga organizm hayot faoliyatining kimyoviy mexanizmlarini ayrim-ayrim yuqori molekulyar birikmalar va ularning almashinuvi misolida ochib ko‘rsatib berish va olingan nazariy bilimlarni laboratoriya ishlarini amalga oshirish orqali mustahkamlashdan iboratdir.