Masalan:
-jarohat bilakda bo'lsa, arteriyani bilak suyagiga ichki tomonidan bosish mumkin.
Barmoqlar arteriyaning suyak ustida yotganini sezadi, zarur bo'lgan
taqdirda u xuddi shu yerda
bosiladi (1-rasm).
- boldirdan arterial qon oqishida tizza osti arteriyasini bosish kerak. Buni ikkala qo'l bilan
qilinadi. Bosh barmoqni tizza bo'g'inining oldingi yuzasiga qo'yib, qolgan barmoqlar bilan
arteriyani tizza osti chuqurchasidan qidirib topiladi va suyakka bosiladi;
- son arteriyasini
sonning yuqori qismida, shu zahoti quv burmasi ostidan topishga
o'rganish oson. Uni musht bilan bosib turib, son jarohatlanganda qon oqishini to'xtatish mumkin
(1 - rasm);
- boshdagi jarohatdan qon ketishida qonni chakka arteriyasini
jarohatlangan tomondan
bosib to'xtatishga yoki kamaytirishga harakat qilish mumkin. Bu arteriya quloq chig'anog'idan 1-
1,5 sm oldindan o'tadi, shu yerda uni pulsatsiyasini topish oson bo'ladi.
- yuzdan qon oqishini jag' arteriyasini bosish bilan to'xtatiladi, bu arteriya bo'yindan yuz
to'qimalariga borib, jag' chekkasidan uning burchagi va iyak o'rtasidan aylanib o'tadi;
- bo'yindagi jarohatdan qon oqishida uyqu arteriyasini jarohatlangan tomondan jarohatning
tagidan bosiladi. Bu arteriyaning pulsatsiyasini traxeya yon tomonidan (kekirdak) topish oson (1-
rasm);
- jarohat yelkadan ancha balandda, yelka bo'g'imi va qo'ltiq osti sohasida bo'lganida qon
oqishini o'mrov usti arteriyasini o'mrov ustidagi chuqurchadan bosib to'xtatish mumkin.
Arteriyani 1- qovurg'agacha bosiladi.
Eslatma: Bu yerda odam o'zida yoki boshqa odamda oldindan qilib ko'rish va arteriyani
uning pulsatsiyasiga qarab tez topishga o'rganish kerak.
Oyoq-qo'llar jarohatlanganida arterial qon oqishini burov (zakrutka) yoki jgut qo'yish bilan
to'xtatiladi, ular songa yoki boldirga, yelkaga yoki bilakka (2-rasm) jarohatlangan joy yuqorisiga
iloji boricha yaqin qo'yiladi. Jgut yoki burov qon to'xtamaguncha siqiladi, uning to'g'ri
qo'yilganini oyoq-qo'lda puls bo'lmasligiga qarab aniqlanadi.
Jgut yoki burov terini qisib jarohatlamasligi uchun uning tagidan yumshoq narsa qo'yish
kerak (bog'lam qo'yilgan vaqtni nazorat qilib borish uchun qog'ozga jgutni qachon qo'yilganini
(sana, soat, daqiqa) yozib unga bog'lab qo'yiladi.
Jgut yoki burov qo'yilgan yaradorni jarohat bog'laganidan
keyin qon oqishini butunlay
to'xtatish uchun tibbiy muassasaga jo'natiladi. Bu yerda bog'lov 1-1,5 soatdan ortiq siqib turish
mumkin emasligini yodda tutish kerak. Shu muddat ichida yarador bo'lgan odamga tibbiy
yordami ko'rsatilmasa, burov yoki jgutni bir necha daqiqaga bo'shatish lozim. So'ngra bog'lovni
yuqoriroqdan yoki pastroqdan qaytadan bog'lash lozim.
Oyoq - qo'llar jarohatlanganida oyoq-qo'lni iloji boricha bukib shu holda bog'lab qo'yish
bilan qon oqishini vaqtincha to'xtatib turish mumkin (4 - rasm).