Ushbu ma'noda pedagogika fanining vazifalari quyidagilardir:
Sharq va G'arb xalqlari yaratgan, xalq og'zaki ijodiyotiga asoslangan pedagogikani, mutafakkir, ma'rifatparvar, pedagog va olimlarning tarbiyashunoslikka doir ilg'or g'oyalarini o'rganib, tahlil qilib, barkamol shaxsni shakllantirishning qonun-qoidalari va zaruriy sifatlarini aniqlash;
Pedagogika — tarbiyashunoslikdagi ta'lim-tarbiya nazariyasini hozirgi davr xususiy metodikasi bilan uzviylik muammosini ishlab chiqish va zamonaviy pedagogik texnologiyalar talablariga amal qilish;
ta'lim-tarbiya nazariyasidagi qoida, qonun, tamoyil, metod va uslublarni maktab amaliy hayoti bilan bog'lab boiajak o'qituvchiiarga o'rgatish;
xalq ta'limini boshqarish va unga fahbarlik masalalarini chuqur o'rganib, boiajak o'qituvchilarni qanday tayyorlash muammolarini hal etish.