5
o’qitish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bu usullarni ishlab chiqish va amalda
qo’llash o’qitish sifat va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Boshlang’ich
ta’limda matematika o’qitishning asosiy maqsadlaridan biri ham mantiqiy
fikrlashni oshirish, o’gzaki hisoblash ko’nikmalarini shakllantirish asosida
o’quvchilar qobiliyat va qiziqishlarini rivojlantirish hisoblanadi.
Boshlang’ich sinflar matematika darslarida o’quvchilarni mantiqiy masalalar
yechishga o’rgatish, og’zaki hisoblash ko’nikmalarini shakllantirish, ularning
mantiqiy tafakkur va hisoblash madaniyatini o’shirishga pedagogik imkoniyatlar
mavjud.
Birinchidan, boshlang’ich sinflar matematika darslarida mantiqiy masalalar
yechish ko‟nikmalarini shakllantirish usullarini o’rgatish mazmuni va ketma-
ketligi;
Ikkinchidan, mantiqiy masala va misollar asosida o’quvchilarda mantiqiy
taffakkurni shakllantirish usullari, mantiqiy masalalarni o’rganishda bayon etishda
ularning qo’llanilishi;
Uchinchidan, mantiqiy masala va misollar va ularni yechishda o'quvchilar og’zaki
hisoblash bilan birga algebraik tushunchalar, boshqa amallar bilan o’zaro
aloqadorligidan foydalanish talab etadi. Bu esa boshlang'ich sinf matematika
darslarida o’quvchilarning mantiqiy fikrlash hamda og’zaki hisoblash
ko’nikmalarini shakllantirish usullarini aniqlashtirish dolzarb ekanligini belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: