Turmasin, shahardan darrov haydanglar; Xaloyiqni yig’ib Sultonxon Rustam bolam yurtga ega bo’lsin, podsholik navbatin Rustam olsin, dedi. Podsholikni Rustam qabul qilmadi. Sultonxon qancha gapirdi, Rustam: «Men podsho bo’lmayman», — dedi. Sultonxonning o’zi tag’i o’z yurtida podsholikda qoldi. Rustam o’z yori Oftoboy bilan o’ynab-kulib, bu ikkovi Huroyimning duosini olib, Rustambek: «Men botirman», deb polvonlik, botirlikni mashq qilib yuraberdi. Shunday qilib, Huroyim ham, Rustamxon ham murod-maqsadiga yetdi.
1 Tumanda - tubanda, quyida.
2 Kechkisin - kechqurun, kechga tomon.
3 Iskamoq - hidlamoq
4 Bachalar - bolalar
5 Qalpoq – do’ppi
6 Qoralab - mo’ljallab, chamalab, yashirinib.
7 Bol Avaz - Avazning «Asalday shirin» ma’nosini bildiruvchi laqabi.