tutashgan joyi kengaygan. Gullari oddiy besh bargli gulqo„rg„ondan iborat, to„g„ri, asosan yuqoridagi barglarning burchaklarida joylashgan, tuxumsimon gulyonbarglardan biroz uzunroq, gulqo„rg„on barglari mevada yirik qanotli, dastlab pushti rangda, keyin rangsiz bo„ladi. Mevasi bir urug„li, yumaloq o„troq, qanotchali yong„oqcha. Maydan oktyabrgacha gullab, iyul-avgust oylarida mevalaydi. O‘sish joyi va tarqalishi:Cherkez o„simligi Buxoro viloyati va Qoraqalpog„istonning cho„l qumlarida o„sadi, shuningdek, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududida ham uchraydi. Alohida tuplari ko„pincha saksovul bilan hamda uchraydi. Tez o„sishi tufayli juda uzun ildizlari va yumshoq qumlarda mukammal moslashuvchanligi tufayli o„simlikdan ixota sifatida qum ko„chkilariga qarshi qo„llaniladi.