165
Soliq hisobotlari. Soliq hisoboti
soliq to‘lovchining soliq va boshqa
majburiy to‘lovning har bir turi bo‘yicha yoki to‘langan daromadlar
bo‘yicha hisob-kitoblar hamda soliq deklaratsiyalarini, shuningdek‚
ularga doir ilovalarni o‘z ichiga oladigan hujjati bo‘lib, u Davlat soliq
qo‘mitasi va Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklda
tuziladi
. Hisobot soliq to‘lovchi tomonidan Soliq Qo‘mitasi belgilangan
muddatlarda, soliq to‘lovchi hisobga qo‘yilgan joydagi davlat soliq
xizmati organiga taqdim etiladi.
Xalq banki hisobotlari. Xalq banki hisobotlari shaxsiy va ixtiyoriy
jamg‘arib boriladigan pensiya jamg‘armalari yuzasidan axborotlarni
jamlaydi va xalq bankiga taqdim etiladi.
Boshqaruv hisobi va hisoboti ma’lumotlari.
Boshqaruv hisobi – korxona rahbari va menejerlarini har tomonlama
ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar
bilan ta’minlovchi hisobdir. Boshqaruv ma’lumotlaridan faqat xo‘jalik
yurituvchi subyektlarning boshqaruv xodimlarigina foydalanadilar.
Boshqaruv hisobi ma’lumotlaridan asosan kelgusidagi iqtisodiy
faoliyatni rejalashtirish (byudjetlashtirish) va oqilona boshqaruv
qarorlarini qabul qilishda foydalaniladi.
Boshqaruv hisoboti – boshqaruv hisobi ma’lumotlari asosida
ixtiyoriy mazmunda tayyorlanadigan va korxona boshqaruviga taqdim
etiladigan hisobotlardir. Unda moliyaviy hisobotlardan farqli jihatdan
faqat moliyaviy emas‚ balki moliyaviy bo‘lmagan ko‘rsatkichlar ham
aks etadi.
Dostları ilə paylaş: