milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta`minlash va turli tahdidlarga qarshi
harakat uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratishda davlat kafolati talab etiladi.
Demak, globallashuv jarayonlari chuqurlashib, raqobat kurashi murosasiz
tus olayotgan vaziyatda iqtisodiy xavfsizlikka daxl qiluvchi, mamlakatning milliy
manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo`lgan tahdidlarni aniqlash muhim
ahamiyatga ega.
Iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlar deganda shunday hodisalar va jarayonlar
tushuniladiki, ular mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatga salbiy ta`sir ko`rsatadi, shaxs,
jamiyat, davlatning iqtisodiy manfaatlarini cheklaydi, milliy qadriyatlar va milliy
hayot tarziga xavf tug`diradi.
Iqtisodiy xavfsizlik amaliyotida bu tahdidlar ikki turga bo`linadi: ichki va
tashqi.
Ichki tahdidlar – bu o`z-o`zini asray olish va takomillashtira olish
qobiliyatining mavjud emasligi, rivojlanishda innovasiya unsurlarining zaifligi,
iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning samarali emasligi, jamiyat
evolyusiyasining og`riqsiz yo`llarini izlab topish uchun qarama-qarshiliklar va
ijtimoiy tangliklarni bartaraf etishda manfaatlar mutanosibligini topish
qobiliyatining mavjud emasligidir.
Dostları ilə paylaş: