154
Ushbu fanning asosiy vazifasi zamonaviy gen muxandisligi yutuqlarini
xalq xo‘jaligi amaliyotida keng ko‘lamda qo‘llashdan iborat.
Tirik organizmlar irsiy axborotini sun’iy yo‘l bilan ma’lum maqsadga
muvofiq o‘zgartirish jarayoni genetik muxandislik fanining asosiy ustqurmasi
hisoblanadi. Genetik muxandislik hujayra, xromosoma va gen darajasida
amalga oshiriladi:
Hujayra darajasidagi genetik muxandislik ikki hujayrani o‘zaro
qo‘shish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Xromosoma darajasidagi genetik muxandislik
hujayra yadrosiga
qo‘shimcha xromosomalar kiritish orqali amalga oshiriladi.
Gen darajasidagi genetik muxandislik yoki gen muxandisligi eng
murakkab bo‘lib, quyidagi bosqichlar asosida amalga oshiriladi
Gen muxandisligi biotexnologiyasining yutuqlari sanoat k o‘lamida va
qishloq
xo‘jaligida
keng
qo‘llanilmoqda.
Xususan,
antibiotiklar,
aminokislotalar, vitaminlar va gormonlar ishlab chiqarilmoqda, nasldor
qoromol klonlari yaratilmoqda, tuproqda va suvda zaharli pestisid qoldiqlarini
parchalaydigan
mikroorganizmlarni
transgen
shtammalari
olinmoqda,
atmosfera azotini o‘zlashtiruvchi mikroorganizmlar genlari asosida tuproqni
azotli o‘g‘itlar bilan boyitish muammosi echilmoqda,
zararli xasharotlarga va
patogen mikroorganizmlarga chidamli, ekologiyani asrovchi transgen o‘simlik
navlari etishtirilmoqda, irsiy kasalliklarni tezkor tashxis qilish uchun
diagnostikumlar
tayyorlanmoqda,
shuningdek,
gen
terapiya
takomillashtirilmoqda.
Bugungi kunda genetik muxandislikka asoslangan biotexnologiya tezkor
oshib
borayotgan,
inson
extiyojlarini
qondirish
uchun
klassik
texnologiyalardan o‘ta samarali ekanligini to‘la namoyon qilmoqda.
Gen
muxandisligi
qisqacha
aytganda,
genlar
ustida
turli
manipulyasiyalar o‘tkazish, ularni to‘la o‘rganish asosida funksional qismlarga
bo‘lish, kerakli joyidan kesish, kerak
emas qismini olib tashlash, kerak
bo‘lgan qismlarini boshqa genlardan yoki sintez yo‘li bilan olib ulash va shu
155
usulda tayyorlangan duragay yoki rekombinant genni muvofiq o rganizmga
kiritib (masalan odamning insulin genini mikrob hujayraga yoki sichqonning
o‘sish garmoni genini kalamushga), zarur turlarni yoki preparatlarni sintez
qilish va xakozo g‘oyalar va texnologiyalarning yig‘indisidir.
Transpozonlarning kashf etilishi genetik muxandislikning
rivojlanishida
muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Ko‘chib
yuruvchi
genetik
elementlar-transpozonlarni
o‘simlik
organizmida AQSH olimasi Barbara Mak Klintok, mikroorganizmlarda AQSH
olimi Ahmad Buxoriy va xasharotlarda Rossiya olimi Georg iy Georgiev kashf
etgan.
Ko‘chib yuruvchi genetik elementlar ayni vaqtda transpozision
elementlar yoki transpozonlar deb ham ataladi. Transpozonlar xilma -xil
strukturaga ega bo‘lsalar-da, barcha transpozon molekulalarining ikki chetida
maxsus nukleotidlar izchilligi, markaziy qismda
esa DNK molekulasining
belgilangan joyida "yopishqoq" uchlar hosil qilib notekis kesuvchi transpozaza
fermentini sintez qiluvchi gen mavjuddir.
Dostları ilə paylaş: