35
Tabiiy nuklein kislotalar tarkibida azotli asoslar laktam va ami n shaklida
bo‘lib, bu holat ularga sintezlanishini to‘g‘ri yo‘nalishiga sababchi bo‘ladi.
Lekin, nuklein kislotalarga tashqi omillar, jumladan, nurlanish va shu asosda
tautomerlarni hosil bo‘lishi mutagenezning asosini tashkil qiladi. Azot asoslari
ultrabinafsha nurini 260 nm spektrida to‘liq yutadi. Xuddi shu asosda ularni
miqdoriy jixatdan aniqlanadi. Uglevod qismlardan RNK tarkibida riboza va
DNK da esa dezoksiribozalar uchraydi. Nuklein kislotalar tarkibidagi
pentozalar -D-furanoza shaklida bo‘ladi:
Uglerod atomlari, nukleotid tarkibidagi pentozalarda tartib raqamiga
"shtrix" belgisi azot asoslaridan farq qilish uchun qo‘yiladi. Dezoksiribozadagi
C-2
/
guruhidagi ON ni protonlanishi C-2
/
va C-3
/
bog‘larini yanada
mustahkamlab, DNK molekulasining fazoviy strukturasini kompakt, ixcham
holatga keltirishda yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: