291
olinadigan boshqa daromadlar; moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar;
favqulodda foydalar.
Bunday bo‘limlarning kiritilishi korxonaning turli faoliyatidan olinadigan
daromadlarini ajratib ko‘rsatish bilan izohlanadi: mahsulot ishlab chiqarish va
sotish bo‘yicha asosiy faoliyatidan, moliyaviy faoliyatidan va favqulodda
operatsiyalardan. Daromadlarning bunday bo‘linishi barcha qiziquvchi tomonlarga
korxona faoliyatiga obektiv baho berish imkoniyatini beradi.
Moliyaviy natijalarning shakllanishi buxgalteriya hisobi schyotlar rejasining
9- bo‘limida hisobga olinadi.
Sotishdan olingan sof tushum yangi schyotlar rejasi bo‘yicha 9000 «Asosiy
(operatsion) faoliyatdan olingan daromadlar» schyotining kreditidan olinadi. Unga
tovarlarning qaytarilishi, xaridorlar uchun berilgan chegirmalar va boshqalar
kiritilmaydi.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotishdan tushgan tushum tovar (bajarilgan ish va
xizmatlar) ni yuklab jo‘natilishiga va xaridorlarga hisoblashish hujjatlari taqdim
etilishiga qarab aniqlanadi. Taqdim etilgan hisoblashish hujjatlariga qarab
moliyaviy natijalarni aniqlash uslubi bozor iqtisodiyotidagi mamlakatlarga xos.
Buxgalteriya hisobining xalqaro andazalari moliyaviy natijalarni aynan shunday
tartibda shakllantirishni talab qiladi.
Taqdim etilgan schyotlar bo‘yicha moliyaviy natijalarni aniqlash qo‘shilgan
qiymat solig‘i, budjetga foydadan ajratma solig‘ini to‘lashda korxonalarni
murakkab sharoitda qoldirishi mumkin. SHuning uchun ham korxonalar
jo‘natiladigan mahsuloti, bajariladigan ish va xizmatlari uchun oldindan haq
to‘lash usulidan foydalanishi kerak.
Dostları ilə paylaş: