167
ma’lum bo‘lgan PbZnO
3
va PbTiO
3
kompozatsiyalar. Hozirgi kunda qaytar
qutblanish xususiyatlariga ega bo‘lgan 1000 dan oshiq materiallar ma’lum. Ular
ferroelektrik kristallar deb ataladi. Ulardan eng qiziqarlilari triglitsin sulfat (TGS)
va litiy tantalat (LiTaO
3
) bo‘lib hisoblanadi. 1969 yilda yaponiyalik olim Kavai
ba’zi bir plastmassalar, masalan, polivinil ftorid (PVF) va polivinilidin ftorid
(PVDF) kuchli pyezoelektrik xususiyatlarga ega ekanligini aniqlagan. SHuningdek
bu materiallar piroelektriklar ham bo‘lib hisoblanishi ma’lum bo‘lgan.
4.12-rasmdagi piroelektrik datchik kristallning qarama-qarshi tomonlarida
joylashgan ikkita elektrodga ega. Issiqlik pastdan 3 o‘q bo‘ylab kirib keladi va oqib
chiqib ketadi.Har qanday piroelektrikni ularning har. biri o‘zini xuddi kichkina
elektr dipollari kabi tutadigan ko‘p sonli kristallitlar kompozitsiyasi ko‘rinishida
tasavvur qilish mumkin. Bu dipollarning barchasi ixtiyoriy qaratilishga ega bo‘ladi
(4.9A- rasm).
Dostları ilə paylaş: