119
tegib o‘tadigan urinma bo‘lib hisoblanadi. Agar real uzatish funksiyasi uchun ifoda
ma’lum bo‘lsa, bu chiziqning egilishini (3.5) tenglama bo‘yicha topish mumkin.
Mustaqil chiziqlashtirish uslubi
ko‘pincha “eng yaxshi to‘g‘ri chiziq uslubi”
deb ataladi (3.5A- rasm). U bir-biriga mumkin qadar yaqin joylashgan va real
uzatish funksiyasining barcha chiqish qiymatlarini qamrab oladigan ikkita parallel
to‘g‘ri chiziqning o‘rtasidan o‘tadigan to‘g‘ri chiziqni topishdan iborat bo‘ladi.
3.5A.-rasm. Nochiziqli uzatish funksiyasini chiziqli approksimatsiyalash (A) va
mustaqil chiziqlashtirish (B)
Chiziqlashtirish uslubiga bog‘liq ravishda approksimatsiyalaydigan chiziqlar
turlicha
a
va
b
koeffitsiyentlarga ega bo‘ladi. Shundan kelib chiqqan holda,
turlicha usullar bilan olingan nochiziqlilik qiymatlari bir-biridan jiddiy farq qilishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: