122
“yechish qobiliyati – obyekt 20 sm ga ko‘chganda obyektni 5 m masofadan aniqlay
olish qobiliyatidir”. Burchaklarni o‘lchash uchun qo‘llaniladigan simli
potensiometrik datchik uchun yechish qobiliyati – bu aytaylik, 0,5
o
ga teng bo‘lgan
minimal burchakdir. Ba’zan yechish qobiliyati FS to‘liq shkaladan (kirish
signalining maksimal qiymatidan) foyizlarda aniqlanadi. Masalan, o‘lchanadigan
kattaliklarning to‘liq diapazoni 270
o
ga teng bo‘lgan burchaklarni o‘lchash datchigi
uchun 0,5
o
yechish qobiliyatini G‘S dan 0,181% sifatida taqdim qilish mumkin.
Shuni qayd qilish lozimki, zinaning o‘lchami o‘lchanadigan kattaliklar
diapazonining ichida o‘zgarishi mumkin, shu sababli, qoidaga ko‘ra, yechish
qobiliyati yoki o‘rtacha kattalik sifatida, yoki eng yomon kattalik sifatida
aniqlanadi. Raqamli chiqish signallariga ega bo‘lgan datchiklarning yechish
qobiliyati ko‘pincha ma’lumotlarning bit so‘zlar soni bilan beriladi. Masalan,
tasvirlanishda datchikning yechish qobiliyati 8 bitga teng degan informatsiya
bo‘lishi mumkin. Bundan yoki kirish signallarining to‘liq diapazonini olish, yoki
kichik bildiruvchi razryadning kattaligini baholash mumkin. Agar chiqish signalida
farqlasa bo‘ladigan zinalarni aniqlab bo‘lmasa, u holda datchik
cheksiz katta
yechimga ega
deyiladi. “Cheksiz yechim” atamasi xato bo‘lib hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: